Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa 2-2 Brentford
10/10 19:00 Chelsi 5-1 Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich 2-1 Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend 0-2 Brayton
10/10 19:15 Alaves 1-2 Atletiko
10/10 21:00 Inter 3-0 Parma
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

Superliga. «Nasaf» – «Qizilqum». Prevyu

Superliga. «Nasaf» – «Qizilqum». Prevyu

Baho:
+1 | -

“Nasaf” Pepsi Superliganing 25-tur uchrashuvini o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 2 oktyabr seshanba kuni “Markaziy” stadionimizda bo‘lib o‘tadi va soat 20:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 38 marta kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 22 tasida jamoamizning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g‘alaba qozonishgan. 10 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 70-39.   

Endi mazkur jamoalar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoamiz “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko‘rinishida g‘alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 3:1 ko‘rinishida.

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarga oid

Mazkur jamoalar Qarshida jami 18 marta o‘zaro bahslashgan. Ularning 14tasida jamoamiz g‘alaba qozongan, bir uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi kichik 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Bu uchrashuv 2008 yili bo‘lib o‘tgan. Qolgan 3 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda jami darvozalarga 59 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida: 45-14.

Shu yilning 13 iyul kunida Qarshida o‘tgan o‘zaro uchrashuvda, jamoalar 0:0 hisobida durang o‘ynashgan.

Bo‘lajak uchrashuv jamoalarning Qarshidagi 19-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

Qarshidagi so‘nggi besh uchrashuv natijasi

2018 yil. “Nasaf” - “Qizilqum” 0:0

2017 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0

2016 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0

2015 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  3:1

2014 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0

“Qizilqum” jamoasi so‘nggi bor 2008 yili Qarshidan uch ochko bilan qaytgan. Ushbu uchrashuv 23-tur doirasida bo‘lib, 4 oktyabr kuni o‘tgan va “ma’danchi”lar kichik 1:0 hisobida zafar quchishgan.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv, 1 oktyabr dushanba kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohida bo‘lib o‘tadi va soat 16:30da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 11:24, 01.10.2018.
O'qildi: 2683 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик