Kirish Ro'yxatdan o'tish

Joze Mourinyo: «Kulib turib, dunyodagi eng baxtsiz inson bo‘lish mumkin»

Joze Mourinyo: «Kulib turib, dunyodagi eng baxtsiz inson bo‘lish mumkin»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyo ushbu mavsumda futbolchilar uchrashuv va mashg‘ulot jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo‘layotgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ba’zida barcha narsa ko‘ringanidek bo‘lmaydi: kulib turgan inson dunyodagi eng baxtsiz inson bo‘lishi mumkin, xafa qiyofani namoyish qilgan aktyor esa, qalban baxtli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sen ko‘rib turgan narsa aldamchi bo‘lishi mumkin.

Futbolchilarning barchasi turlicha. Bir-biriga o‘xshashi yo‘q. Men ularning yuzida turlicha reaksiyalarni ko‘raman. Mag‘lubiyatlardan keyin ba’zi futbolchilar xafa bo‘lsa, ba’zilarining yuzini ko‘rib, ularni mag‘lub bo‘lgan o‘yinchilar deb aytish qiyin. Ba’zilarida esa aralash hissiyotlar mavjud. Lekin so‘nggi 2 kun davomida o‘tkazgan mashg‘ulotlarimiz davomida barcha o‘zini yaxshi tutdi. Har bir futbolchi ishlash va o‘ynash uchun ishtiyoqi borligini namoyish qildi», – dedi Mourinyo.

«Manchester Yunayted» so‘nggi 3ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Shanba kuni Mourinyo jamoasi «Vest Xem»ga yutqazib qo‘ydi (1:3). «MYU» bugun YECHLning 2-turi doirasida «Valensiya»ga qarshi maydonga chiqadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:48, 02.10.2018.
O'qildi: 3797 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.