Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Mahmudjon Boltaboyev jismoniy tarbiya va sport universitetiga rektor bo‘ldi

Mahmudjon Boltaboyev jismoniy tarbiya va sport universitetiga rektor bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Mahmudjon Rustamovich Boltaboyev O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Kun.uz” nashri xabar bermoqda.

Mahmudjon Boltaboyev 1969 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tamomlagan. Iqtisod fanlari doktori, professor.

Bunga qadar Maxmudjon Boltaboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida departament mudiri, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori  Komiljon Dehqonovich Yarashev joriy yilning avgust oyidan buyon universitet rektori vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutiga «universitet» maqomi berildi. Shu asosda universitetning o‘quv binolari qayta rekonstruksiya qilinib, moddiy-texnik bazasi yangilandi.

Kiritildi: 19:03, 02.10.2018.
O'qildi: 2175 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик