Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Baxtiyor Ashurmatov: «Qo‘qonlik muxlislardan qarzdorman»

Baxtiyor Ashurmatov: «Qo‘qonlik muxlislardan qarzdorman»

Baho:
+ | -

Superliganing 25-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

Bugun murakkab o‘yin bo‘ldi. “Qo‘qon-1912” hurmatga loyiq jamoa. Afsuski, ularning omadi kelmayapti. Qo‘qonlik muxlislar talabchan. Ular har doim hujumkor o‘yin tarafdori bo‘lib kelishgan. Bugun jamoam g‘alaba qozongan bo‘lsa ham xursandchilikdan sakramadim, sababi o‘zim Qo‘qonlikman. “Qo‘qon-1912” jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilab qolaman. Qo‘qonlik muxlislar meni doim qo‘llab-quvvatlab turishadi. Ulardan minnatdorman. Men futbolchi va murabbiy bo‘lib shakllanishimda Qo‘qon futbolining o‘rni beqiyos. Shu uchun o‘zimni Qo‘qonlik muxlislardan qarzdor deb hisoblayman.

O‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, o‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Ikkinchi bo‘limda raqibimiz yaxshi o‘ynadi. Biz esa qarshi hujumda gol urib g‘alabani ilib ketdik.

Bugungi o‘yin ko‘rsatdiki, bizda barcha futbolchilar bir xil saviyada o‘ynaydi. Asosiy tarkibdagi o‘zgarishlar kubokdagi o‘yin bilan ham bog‘liq. “Bunyodkor”ga qarshi kechgan bahsda katta kuch yo‘qotgandik. Shuning uchun zaxira o‘yinchilariga ham imkoniyat berdim. Ular ishonchimni oqlashdi”,deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Manba: www.kokand-1912.uz
Kiritildi: 20:37, 03.10.2018.
O'qildi: 2399 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик