Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Maurisio Sarri “MOL-Vidi”ga qarshi o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi. (1:0).
“Juda murakkab o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda gol urish uchun imkoniyatlarimiz bor edi lekin, ulardan foydalana olmadik. Biz raqibga darvozamiz oldida 3-4 ta xavfli hujumlarni tashkil etishga qo‘yib berdik. Qarshi hujumlarni qaytarish uchun himoyada yanada mustaxkamroq o‘ynashimiz kerak.
Raqib jamoa himoyada bir-birini tushunib o‘ynar ekan. Ular jarima maydonlariga yaqin o‘ynaganlari bilan to‘pni yo‘qotib qo‘ymas ekanlar. To‘g‘risini aytsam, ularning qarshi hujumga o‘tishlarini ko‘rib hayron qoldim”, - deydi Sarri.