Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor 1-0 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 0-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-0 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Iroq chempionati to‘purari bo‘lgan Sherzod Temirov “Erbil”dan ketdi

Iroq chempionati to‘purari bo‘lgan Sherzod Temirov “Erbil”dan ketdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov Iroqning “Erbil” jamoasi bilan xayrlashdi. Futbolchi o‘zining Instagram sahifasida klubdan ketishini e’lon qilib, muxlislarga xayrlashuv maktubini yozdi.

“Barchaga rahmat. Bir yil davomida sizlar bilan bir jamoada to‘p tepganimdan juda baxtliman. Meni qo‘llab-quvvatlagan ‘Erbil’ klubi murabbiylar shtabi, prezidenti, rahbariyati va muxlislariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Barchangizni yaxshi ko‘raman”, deb yozadi Temirov.

Ma’lumot uchun, Temirov klub safida bir yil davomida barcha turnirlarda jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchi gollarining 28 tasini aynan ichki chempionatda kiritib, Iroq ligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Uning jamoasi esa musobaqa yakunida bronza medallariga ega chiqdi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Sherzod Temirov O‘zbekiston Superligasidan qaytishi mumkin. Hujumchi katta ehtimol bilan Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Sherzod Temirov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Shimoliy Amerikadagi Jahon chempionati uchun e’lon qilingan kengaytirilgan tarkibidan joy olgan. “Oq bo‘rilar” mundial oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichini o‘tash uchun 26 may kuni Nyu Yorkka yo‘l oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:53, 23.05.2026.
O'qildi: 3030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик