Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Pep Gvardiola «Manchester Siti»dagi 10 yillik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan yagona xatosini aytdi

Pep Gvardiola «Manchester Siti»dagi 10 yillik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan yagona xatosini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubdagi faoliyati davomida qabul qilgan faqat birgina qaroridan afsusda ekanini tan oldi. Ispaniyalik mutaxassis darvozabon Jo Xartga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bermaganini yodga oldi. Pep tayinlangach, angliyalik darvozabon jamoani tark etishga majbur bo‘lgan edi.

«Bir narsani tan olmoqchiman. Yuragimning tub-tubida faqat bitta afsusim bor: men Xartga qay darajada yaxshi darvozabon ekanini isbotlash uchun imkoniyat bermadim. Men buni qilishim kerak edi. Ba’zida biz xatolarga yo‘l qo‘yamiz», – dedi Gvardiola Sky Sports bilan suhbatda.

«Manchester Siti»dan ketgach, Jo Xart «Torino», «Vest Xem», «Byornli», «Tottenxem» va «Seltik» klublarida to‘p surishga ulgurdi. Darvozabon 2024 yilda o‘z faoliyatini yakunladi. Xosep Gvardiola 2016 yilda «Siti» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Joriy mavsum yakunida u klubni tark etadi.

Kiritildi: 13:22, 23.05.2026.
O'qildi: 4028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик