Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Fabrisio Romano «Manchester Yunayted»ning yangi transferi haqida e’lon berdi

Fabrisio Romano «Manchester Yunayted»ning yangi transferi haqida e’lon berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» va «Atalanta» yarim himoyachi Edersonning transferi bo‘yicha kelishuvga erishish arafasida. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, klublar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishga juda yaqin. Endi barchasi «qizil iblislar»ning o‘ziga bog‘liq – ularga bitimni rasmiylashtirish qoldi, xolos.

Juma kuni Ederson A Seriya so‘nggi turi doirasidagi «Atalanta» va «Fiorentina» o‘rtasidagi o‘yinni (1:1) o‘tkazib yubordi. Bergamoliklar ustozi Raffaele Palladino 26 yoshli yarim himoyachining «Manchester Yunayted»ga o‘tishi borasidagi muzokaralar sabab uni maydonga tushirmaslikka qaror qilganini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchiga «Arsenal», «Manchester Siti», «Atletiko» va boshqa nufuzli klublar ham qiziqish bildirgan edi.

Kiritildi: 09:00, 23.05.2026.
O'qildi: 2621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик