Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Xotira-79»ga texnik mag‘lubiyat yozildi

«Xotira-79»ga texnik mag‘lubiyat yozildi

Baho:
+ | -

Pro liga 28-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “G‘ijduvon” – “Xotira-79” uchrashuvi o‘tkazilmaydi. Bunda mezbonlarga texnik g‘alaba, mehmonlarga esa texnik mag‘lubiyat yozildi.

Chunki “Xotira-79” jamoasi safar uchrashuviga murabbiylar shtabisiz tashrif buyurdi. G‘ijduvonga Uychidan faqatgina 14 nafar futbolchigina keldi xolos. Jamoaning natijasi uchun javob beradigan murabbiy, jamoaga mas’ul – ma’mur, futbolchilar sog‘ligiga javobgar sanaluvchi klub shifokori esa noma’lum sabablarga ko‘ra o‘yinga kela olmadi. Shu sababdan uchrashuv komissari o‘yin o‘tkazilmasligini lozim topdi.

Ta’kidlash joiz, oldinroq Uychi tumanining “Xotira-79” klubiga Pro-Liga 22-turidan joy olgan “Labsa” — “Xotira-79” safar o‘yiniga ham bora olmagani sabab texnik mag‘lubiyat yozilgan edi.

Davralar oralig‘ida moliyaviy muammolarga duch kelgan mazkur klubning Pro ligada ishtirokini davom ettirishi masalasi tez kunlarda PFL komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

O‘z oldiga hech qanday maqsad qo‘ya olmaydigan va faqatgina bugungi kuni bilan yashaydigan klublar bilan chempionat saviyasini ko‘tarish qiyin. Kelasi yildan boshlab bu kabi jamoalar formati o‘zgaradigan 2-liga musobaqalarida ishtirok etishi mumkin. Pro-Ligada esa Superliganing minimal talablariga javob bera oladigan klublargina qoldiriladi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:17, 06.10.2018.
O'qildi: 1863 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик