Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafael Benites: «MYU»ning zaxira futbolchilari kuchli»

Rafael Benites: «MYU»ning zaxira futbolchilari kuchli»

Baho:
+ | -

“Nyukasl” bosh murabbiyi “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin, chunki biz g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatgan edik. 2:0 bo‘layotgan vaqtda 3-golni urushimiz ham mumkin edi. Kuchli raqibga qarshi o‘yinda nazoratni qo‘lga olgandik.

Birinchi goldan keyin, bizda muammolar kuzatila boshlandi. “MYU”da zaxiradan maydonga tushib, jamoani kuchaytiradigan futbolchilari ko‘p. Ularga qarshilik ko‘rsatishda esa ojizlik qildik.

Ko‘p o‘yinlarda tartibli o‘ynayapmiz, vaziyatlar yaratyapmiz, lekin natija yo‘q. Mag‘lubiyatdan fojia yasamasdan shunday ruxda davom etamiz, ana shunda g‘alaba o‘zi keladi”, – deydi Benites.

Manba: BBC
Kiritildi: 01:10, 07.10.2018.
O'qildi: 3599 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.