Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Qo‘qon-1912» jamoasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

«Qo‘qon-1912» jamoasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari sabab, milliy chempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda  “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchilariga qisqa muddatli ta’til berilgan edi.

Jamoa a’zolari bugundan Toshkent shahrida navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Hozirgina Toshkentdagi “Mehnat” mehmonxonasining anjumanlar zalida “Qo‘qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda jamoaning barcha futbolchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni klub prezidenti Baxtiyorjon  Tolipov kirish so‘zi bilan boshlab berdilar.

“Jaomamizning so‘nggi o‘yinlardagi ko‘rsatgan natijalari bizni va muxlislarimizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Mavsumni yaxshi boshlagan edik, maqsadimiz superliganing kuchli oltiligiga kirish edi. Shunga yarasha siz futbolchilarga sharoitlarni yaratishga qo‘limizdan kelgancha harakat qildik.

Kuchli oltilikka kirish uchun o‘z maydonimizda o‘tgan ayrim o‘yinlardagi qoniqarsiz natijalar sabab bo‘ldi. Ayniqsa oxirgi turlardagi o‘z maydonimizda o‘tkazgan “Nasaf” va “AGMK” jamoalariga qarshi o‘yinlardan men umuman qoniqmadim” – dedi jumladan Baxtiyor Adilovich.

Shuningdek bosh murabbiy No‘’mon Hasanov hamda futbolchilar Nosir  Otaqo‘ziyev, Murod Holmuhammedovlar ham so‘z olib , so‘nggi o‘yinlardagi natijalar haqiqatan ham qoniqarsiz bo‘lganligi, endi qolgan o‘yinlarda maksimal natija uchun maydonga tushishlari lozimligini ta’kidlashdi. Futbolchilarimiz muxlislarga mavsum boshida ko‘rsatgan chiroyli o‘yinlarini namoyish qilib , yil yakunida  jamoaning turnir jadvalidagi o‘rnini yaxshilashga va’da berishdi.

Shundan so‘ng klub prezidenti B Tolipov jamoaga katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis, asli Qo‘qonlik bo‘lgan, Vitaliy Nikolayevich Ni yordam berishi mumkinligini, Ni Qarshining “Nasaf” jamoasida ishlab katta tajriba ortirganini aytib , u kishini “Qo‘qon-1912” futbol klubi texnik direktori etib tayinlaganini e’lon qildilar.

Vitaliy  Ni zimmasiga jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketish, kelgusi mavsum uchun seleksiya ishlari bilan shug‘ullanish, futbol akademiyasi tashkil etish hamda jamoaning barcha natijalari uchun javobgarlik vazifasi yuklatildi.

Shundan so‘ng Vitaliy Nikolayevich so‘z olib  jumladan shunday dedi.

-“Meni futbolga kirib kelishimda , futboldagi hayotimda Qo‘qon katta rol o‘ynagan. Men uchun bu shahar begona emas va jamoaning natijalarini muntazam ravishda kuzatib kelaman. “Qo‘qon-1912” jamoasi hozirgi kunda turnir jadvalida o‘ziga mos bo‘lmagan o‘rinda turibdi. Men o‘zimga berilayotgan ishonch uchun jamoa rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Kelajakda jamoaning O‘zbekistonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatni, to‘plagan tajribam va bilimimni sarflashga harakat qilaman. O‘ylamanki biz barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak albatta ko‘zlangan maqsadga erishamiz” – dedi Vitaliy Ni.

Biz ham jamoamiz a’zolari va muxlislarimiz nomidan Vitaliy Nikolayevichga  boshlagan ishlarida omadlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Manba: www.kokand-1912.uz
Kiritildi: 16:10, 08.10.2018.
O'qildi: 3241 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.