Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Toshkent yana bir katta musobaqaga mezbonlik qiladi

Toshkent yana bir katta musobaqaga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

Toshkent shahri yana bir katta musobaqaga mezbonlik qilmoqda. 8-13 oktyabr kunlari tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida “Chellenjer” turniri o‘tkaziladi.

Bahslarning asosiy bosqichida jahonning turli mamlakatlaridan 32 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bellashuvlarda yurtimiz sharafini Denis Istomin, Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonovlar himoya qiladilar.

Bugun Humoyun Sultonov ilk davrada avstriyalik Akira Santilyanga qarshi kortga chiqadi. Ertaga Denis Istomin italiyalik Federiko Gayoga qarshi bahs yuritsa, Jo‘rabek Karimov misrlik Muhammad Safvat bilan o‘yin o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida bosniyalik Mirza Bashich saralangan. Ikkinchi raketka sifatida esa hamyurtimiz Denis Istomin qayd etilgan. Musobaqa chempioni yakunda 80 reyting ochkosi va 10800 AQSH dollari bilan mukofotlanadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:50, 08.10.2018.
O'qildi: 3220 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.