Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Paraosiyo o‘yinlari. Suzuvchilarimizdan ketma-ket beshta medal!

Paraosiyo o‘yinlari. Suzuvchilarimizdan ketma-ket beshta medal!

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari davom etmoqda.

Bungacha dzyudo, yengil atletika, pauerliftingchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida xabar qilgandik. Endi esa suzuvchilarimiz terma jamoamizga ketma-ket medallar shodasini taqdim etishdi.

100 metrga erkin usulda suzish bahslarida erkaklar o‘rtasida shohsupadan bizning sportchilar o‘rin olishdi. Islam Aslanov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medal qo‘lga kiritishi barobarida Paraosiyo o‘yinlari rekordini ham o‘rnatdi.

Undan keyingi o‘rinlarni mos ravishda Muzaffar Tursunxo‘jayev va Dmitriy Xorlinlar egallashdi. Huddi shu yo‘nalishning ayollar o‘rtasidagi bahslarida Fotimaxon Omilovaga teng keladigan raqib topilmadi. Kumush medalga esa Shohsanamxon Toshpo‘latova ega chiqdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining Paraosiyo o‘yinlaridagi medallari soni 20taga yetdi. Ularning 12tasi oltin medal ekanligini alohida qayd etish lozim. Kumush medallar soni 5ta bo‘lsa, hamyurtlarimiz yana 3ta bronza medallariga sazovor bo‘lganlar.

Medallar jamg‘arish reytingida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy va Janubiy Koreyadan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:23, 08.10.2018.
O'qildi: 2913 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик