Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Fransiya, Belgiya, Shotlandiyaga qarshi o‘yinlar vaqti hamda O‘zbekiston termasining tarkibi

Fransiya, Belgiya, Shotlandiyaga qarshi o‘yinlar vaqti hamda O‘zbekiston termasining tarkibi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Istanbul orqali Ispaniyaning Estepona shahriga yetib keldi. Mazkur shaharda Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchilik qilayotgan jamoa 10 kun davomida istiqomat qiladi va 3 ta xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov yil boshida Madrid va Parijga tashrif buyurib, Ispaniya hamda Fransiya futbol federasiyalari bilan hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Malagaga tashrifi shuning asnosida kelishib olingan.

Kelasi yil Osiyo chempionatining saralashida ishtirok etadigan O‘zbekiston termasi 10 kun ichida Fransiya, Shotlandiya hamda Belgiya bilan kuch sinashib ko‘radi. Raqib jamoalarda bir yosh katta futbolchilar to‘p suradi. Bunday tipdagi jamoalarga qarshi o‘yinlar o‘zbekistonlik futbolchilar uchun katta maktab vazifasini o‘tab berishi ko‘zda tutilgan. Quyida o‘yinlarning Toshkent vaqti bilan tanishib olish mumkin:

10 oktyabr, chorshanba
16:00 O‘zbekiston U17 — Shotlandiya U18

13 oktyabr, shanba
19:00 O‘zbekiston U17 — Belgiya U18

15 oktyabr, dushanba
16:00 O‘zbekiston U17 — Fransiya U18

O‘yinlar Esteponadan uncha uzoq bo‘lmagan Marbellada bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar O‘zbekiston terma jamoasini mashg‘ulot va o‘yinlar uchun eltadigan alohida avtobus ajratgan. Shuningdek, delegasiya nonushta, tushlik va kechki ovqatni tamaddi qilishi uchun ham alohida joy berilgan. Quyida yig‘inda bo‘lib turgan futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar:
1. Abduvohid Ne’matov — “Nasaf”
12. Asad Polvonov — “Nasaf”

Himoyachilar:
2. Saidazamat Mirsaidov — “Paxtakor”
3. Asliddin Toshtemirov — “Neftchi”
4. Odil Abdumajidov — “Andijon”
5. Sodiq Ortiqov — “Navbahor”
6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev — “Paxtakor”
14. Sunnat Hamidjonov — “Paxtakor”
23. Eldor Begimov — AGMK

Yarim himoyachilar:
8. Ibrohim Ibrohimov — “Buxoro”
9. Mironshoh Sattorov — “Bunyodkor”
10. Jasur Jaloliddinov — “Bunyodkor”
11. Begzod Shamsiyev — “Paxtakor”
13. Alisher Odilov — “Paxtakor”
15. Diyor Ramazonov — “Paxtakor”
16. Muhammadqodir Rahimbernegov — “Xorazm”
17. Hojimat Erkinov — “Paxtakor”
19. Ruslan Ro‘ziyev — “Paxtakor”
22. Muzaffar Olimjonov — “Bunyodkor”

Hujumchilar:
7. Abdulaziz Abdusalomov — “Paxtakor”
18. Ulug‘bek Hoshimov — “Paxtakor”
20. Xushnud Bozorov — “Paxtakor”

Murabbiylar shtabi:
Otabek G‘ulomxo‘jayev
Doniyor Usmonov
Sarvar Haydarov
Valeriy Karpenko

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 17 oktyabr kuni tongda Istanbul orqali Toshkentga qaytib keladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:14, 08.10.2018.
O'qildi: 5542 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.