Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina
24/05 23:45 Jenoa - Bolonya
25/05 00:00 Jirona - Granada

Toshkentda FIFA va OFKning tibbiyot mavzusidagi seminari boshlandi

Toshkentda FIFA va OFKning tibbiyot mavzusidagi seminari boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar
O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA va OFK rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida yurtimizdagi futbol klublari shifokorlarining malakasini oshirish maqsadida, Toshkentda tibbiyot mavzusida turli seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ana shu kelishuvga ko‘ra  bugun 9 oktyabr kuni poytaxtimizda FIFA va OFKning tibbiyot mavzusidagi seminari boshlandi.   Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad yurtimizdagi futbol klublarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning malakasini oshirish, ularning professional darajalarini yuksaltirishdan iborat.   Ma’lumki, Superliga klublarida faoliyat olib borayotgan futbolchilar tig‘iz taqvim sabab qo‘p o‘yin o‘tkazishmoqda. Bunday holatlarga futbolchilar organizmini tayyorlash, katta yuklamalardan keyin ularning tiklanish jarayonini tezlashtirish uchun zarur bo‘ladigan choralar haqida FIFA hamda OFKdan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan qatnashchilarga ma’lumotlar berilmoqda.    Shuningdek, seminar davomida  futbolda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish hamda antidoping mavzusida nazariy bilimlar berilib, amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkaziladi.   Seminarda Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA)ga a’zo davlatlar ya’ni, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Eron hamda O‘zbekistonning futbol klublaridan vakillar ishtirok etishmoqda. Seminar “Milliy” stadionning anjumanlar zalida bo‘lib o‘tmoqda.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:56, 09.10.2018.
O'qildi: 1783 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.