Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Ruslan, Nadiya, Vadim: Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan harbiy sportchilar taqdirlandi (foto)

Ruslan, Nadiya, Vadim: Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan harbiy sportchilar taqdirlandi (foto)

Baho:
+ | -

Shu yilning 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 21ta oltin, 24ta kumush va 25ta oltin medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egallagandi.

Kecha, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovlar ham ishtirok etdilar.

MOQ rahbari so‘zga chiqar ekan, Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatda harbiy sportchilarimizning o‘rni katta ekanligi haqida gapirdi.

“Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatda albatta harbiy sportchilarimizning hissalari katta. Umuman, o‘zbek sportida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubining tutgan o‘rni beqiyos. Sportning deyarli har bir turida Mudofaa vazirligi sport klubi vakillarini uchratishimiz mumkin. Ular orasida Osiyo o‘yinlari, Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan sportchilarimiz talaygina. Fursatdan foydalanib, Sizlarni qit’amizda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqada sovrindor bo‘la olganligingiz bilan tabriklayman. Endi 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘ynlarida ham muvaffaqiyatli yurishni davom ettirishingizga tilakdoshmiz”, dedi Umid Ahmadjonov.

Qayd etish lozimki, Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarning 33 nafari Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari hisoblanadilar. Tadbir davomida Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Musobaqa chempionlari Vadim Menkov, Ruslan Nuriddinov, shuningdek, kumush medal sohibasi Nadiya Dusanovaga leytenant harbiy unvonlari tantanali ravishda topshirildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 08:42, 10.10.2018.
O'qildi: 3890 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.