Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Liverpul» va «Barselona»ning sobiq futbolchisi Toshkentga keladi

«Liverpul» va «Barselona»ning sobiq futbolchisi Toshkentga keladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi hamda Ispaniya La ligasi yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida bir qancha loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning 28 oktyabr kuni yaqin o‘tmishning mashxur hujumkor yarim himoyachilaridan biri, “Barselona”, “Atletiko Madrid”, “Liverpul” va Ispaniya terma jamoasi safida ko‘rsatgan mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan futbolchi, endilikdagi La liga elchisi – Luis Garsiya Toshkentga keladi va o‘zbekistonlik yosh “charm to‘p” ustalariga mahorat darslari o‘tib beradi.

La liga hamda PFL hamkorligi doirasida tashkil etilayotgan mazkur mahorat darslari “Milliy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Yaqin o‘tmishning mashxur yarim himoyachilaridan biri Luis Garsiya yosh futbolchilarimizga o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi va ko‘rgazmali uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta jamoa safida bir taymdan to‘p suradi.

Luis Garsiya tashrifi doirasida matbuot anjumani o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Manba: xs.uz
Kiritildi: 12:17, 10.10.2018.
O'qildi: 10574 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик