Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarida o‘z rekordini yangiladi!

O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarida o‘z rekordini yangiladi!

Baho:
+ | -

Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari davom etmoqda. O‘yinlarning to‘rtinchi kuni ham hamyurtlarimiz uchun omadli keldi. Bugun sportchilarimiz tomonidan 15 ta medal qo‘lga kiritildi. Ularning 7 tasi oltin, 3 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.

Bugungi sovrindorlarimiz ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin:

Vasila Aliboyeva (dzyudo)
Shirin Sharipov (dzyudo)
Temurbek Giyazov (engil atletika)
Bobirjon Omonov (engil atletika)
Mansur Abdirashidov (engil atletika)
Firdavsbek Musabekov (suzish)
Fotimaxon Amilova (suzish

Kumush:

Shuhrat Boboyev (dzyudo)
Shohsanamxon Toshpo‘latova (suzish)
Mohigul Hamdamova (engil atletika)

Bronza:

Sharif Halilov (dzyudo)
Feruzaxon Yusupova (dzyudo)
Sabina Suxanova (engil atletika)
Islam Aslanov (suzish)
Nigoraxon Mirzohidova (suzish)

Shu tariqa, o‘yinlarning to‘rtinchi kunidan so‘ng hisobimizdagi medallar soni 47 taga yetdi. Vakillarimiz tomonidan shu kungacha 25 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. Medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa xisobida Xitoy, Janubiy Koreya va Erondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallab turibmiz.

Qayd etish lozimki, ushbu natijalar orqali O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlaridagi rekordni yangiladi. To‘rt yil avval Incheonda o‘tkazilgan Paraosiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edilar. Hali o‘yinlar yakunlanishiga ikki kun borligini inobatga oladigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich yanada yaxshilanishi aniq.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasini muborakbod etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:12, 10.10.2018.
O'qildi: 5104 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.