Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Erkinjon Turdimov: «Dinamo» samarqandga munosib bo‘lishi lozim»

Erkinjon Turdimov: «Dinamo» samarqandga munosib bo‘lishi lozim»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

10 oktyabr, chorshanba kuni «Dinamo» markaziy stadioni anjumanlar zalida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov «Dinamo» professional futbol klubi rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar va OAV vakillari bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi “Dinamo” klubining joriy yilgi mavsumdagi ishtirokini tanqidiy va tahliliy tarzda baholab, viloyatning bosh jamoasi Samarqandga munosib bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

- “Barchamiz juda yaxshi bilamiz, Samarqand ahli futbolsevar xalq. Viloyatning qaysi bir chekkasiga bormang, futbol haqida gap ochilganida “Dinamo”ning qayd etayotgan natijasi odamlar orasida muhokama qilinayotgan bo‘ladi. Samarqandimiz bosh jamoasining joriy yilda ko‘rsatayotgan natijasi shaxsan meni viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti sifatida qoniqtirmayapti” – deya ta’kidladi Erkinjon Oqbo‘tayevich.

Yig‘ilish davomida “Dinamo” klubi rahbarlari, murabbiylar, futbolchilar, jurnalistlar va muxlislarning takliflarini eshitgan Erkinjon Turdimov “Dinamo” klubi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, futbolchilar va murabbiylar uchun zarur shart-sharoit yaratish va ularni munosib rag‘batlantirishda kuzatilayotgan muammolarni bartaraf etish borasida ko‘rsatmalar berdi.

Xususan, jamoa mashg‘ulotlari uchun munosib o‘yingoh va maydon ajratish, klub qarorgohi borasida yangi taklif kiritish, “Dinamo” stadionidan foydalanish, zamonaviy avtobus xarid qilish va futbolchilarni o‘z vaqtida rag‘batlantirib borish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Viloyat rahbari “Dinamo”ning kelgusi mavsumda Superligada ishtirok etishi uchun barcha imkoniyat yaratib berilishini, buning uchun jamoa faqat va faqat g‘alabalari bilan muxlislarni xursand etishi lozimligini aytib o‘tdi.

- “Dinamo” – mamlakatimizning eng ko‘p aholiga ega viloyati sanalmish Samarqandning bosh jamoasidir. “Dinamo” bu – Samarqandning o‘ziga xos ko‘p yillik brendi. Yodingizda bo‘lsa, bir necha yil oldin “Dinamo” nomi o‘zgartirilib, “Afrosiyob” ham, “Maroqand” ham deya nomlangandi, ammo klub o‘z tarixi va an’analari bilan “Dinamo” sifatida mashhur. “Dinamo” Samarqandga munosib bo‘lishi lozim. Hozirgi natijalar uchun murabbiy va futbolchilarni hozirdan qoralash niyatim yo‘q, sababi ularga qanday sharoit yaratilganidan bexabarman. Hozirdan “Dinamo” klubining tashkiliy va moliyaviy yo‘nalishlarini belgilab olishimiz darkor. Bundan buyon nafaqat “Dinamo”, viloyat futboli ham imkonqadar nazoratimda bo‘ladi. Bolalar futbolini ham rivojlantirishimiz kerak. Bolalar futbolidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etib, sharoitlarni yana bir ko‘zdan kechirish, stadion va maydonlarni yaxshilash borasida ishlar rejasini tuzishimiz shart. Bolalar va o‘smirlar futboli bu - poydevor, bunga jiddiy yondashish lozim” – dedi viloyat rahbari.

Yig‘ilish yakunida Erkinjon Turdimov futboldagi muammo va kamchiliklar, takliflar borasida klub rahbariyati va murabbiylarni jurnalistlar va muxlislar bilan doimo ochiq muloqotga kirishishlari lozimligini, Samarqand futboli rivoji uchun barcha birlashib bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi shartligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziyev so‘zga chiqib, Erkinjon Turdimovga futbol jonkuyari sifatida qilinayotgan katta e’tibor uchun minnatdorchilik izhor etib, bildirilgan ishonchni oqlash uchun butun jamoa mas’uliyatni his etgan holda Superliga yo‘llanmasi uchun kurashishini ma’lum qildi va viloyat hokimiga jamoa nomidan “Dinamo”ning 49-raqamli libosini sovg‘a qildi.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:24, 11.10.2018.
O'qildi: 2327 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.