Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarida sermahsullik bo‘yicha tengsiz: 54 sportchidan 77 ta medal

O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarida sermahsullik bo‘yicha tengsiz: 54 sportchidan 77 ta medal

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Paralimpiada
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 6 oktyabr kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida III yozgi Paraosiyo o‘yinlari start olgan edi.

Mazkur o‘yinlar o‘zbekistonlik sportchilar uchun har qachongidan ham muvaffaqiyatli yakunlandi.

O‘zbekiston sport delegasiyasi musobaqada 54 nafar sportchi bilan ishtirok etib, 77 ta medal bilan qaytadigan bo‘ldi.

Ularning 35 tasi oltin, 24 tasi kumush va 18 tasi bronza medallaridir. Mazkur o‘yinlar O‘zbekiston uchun Paraosiyo o‘yinlaridagi eng yaxshisi sifatida tarixga kirdi.

Chunki, bungacha yurtdoshlarimiz ushbu o‘yinlarda bu qadar ko‘p medallar jamg‘ara olishmagandi. Ortda qolayotgan o‘yinlarda medallar sifati bo‘yicha ham, soni bo‘yicha ham rekord o‘rnatildi.

Avvalgi Paraosiyo o‘yinlari haqida

Paraosiyo o‘yinlari ilk marotaba 2010 yil Guanchjouda bo‘lib o‘tgan. O‘sha musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 21 nafar sportchi bilan ishtirok etgan. Yakunda 6 ta medal qo‘lga kiritilgan (1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza).

To‘rt yil avval Incheon mezbonlik qilgan Paraosiyo o‘yinlarida yaqqol yuksalish ko‘zga tashlangan. O‘shanda yurtimiz sharafini 27 nafar paraatlet himoya qilgan. Yakunda 31 ta medalga ega chiqqanmiz (22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza).

Incheondagi muvaffaqiyat oradan ikki yil o‘tib Riodagi Paralimpiya o‘yinlarida ham davom ettirilgan. O‘shanda O‘zbekiston sport delegasiyasi musobaqada 32 nafar sportchi bilan ishtirok etgan va 31 ta medal bilan vatanimizga qaytib kelgandi.

Jakartadagi Paraosiyo o‘yinlari tugashiga bir kun qolganida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘z ishtiroklarini yakunlab bo‘lishdi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, kuchli o‘nlikka kirgan jamoalar o‘rtasida eng kam sportchi bilan aynan O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etgan. Bu ham bizda sifatga asosiy e’tibor qaratilganidan dalolat.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha kuchli o‘nlikka kirgan mamlakatlar necha sportchi bilan Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etishdi?

Xitoy – 232
Janubiy Koreya – 201
Eron – 210
Yaponiya – 303
O‘zbekiston – 54
Indoneziya – 295
Tailand – 237
Malayziya – 139
Hindiston – 193
Gonkong – 100.

Markaziy Osiyo terma jamoalari qanday ishtirok etishdi?

Mintaqamiz mamlakatlari ichida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston terma jamoalari sportchilari medallar qo‘lga kirita olishdi. Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston vakillari o‘yinlardan medalsiz ortga qaytish arafasidalar. Demak, bu borada ham O‘zbekiston eng yaxshi ko‘rsatkichga ega.

5. O‘zbekiston (54 sportchi, 77 ta medal, 35 ta oltin, 24 ta kumush, 18 ta bronza)

13. Qozog‘iston (91 sportchi, 33 ta medal, 5 ta oltin, 15 ta kumush, 13 ta bronza)

32. Turkmaniston (5 sportchi, 1 ta medal, 1 ta bronza)

Tojikiston (2 sportchi, 0 medal)

Qirg‘iziston (5 sportchi, 0 medal)

Afg‘oniston (24 sportchi, 0 medal).

Qayd etib o‘tganimizdek, ortda qolgan o‘yinlarda O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Umid qilamizki, ikki yildan so‘ng Tokio shahri mezbonlik qiladigan Paralimpiya o‘yinlarida ushbu zafarli yurish davom ettiriladi va sportchilarimiz yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taradilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:12, 13.10.2018.
O'qildi: 4623 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.