Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Azamat Abduraimov: «Eybar»ga qarshi hujumkor o‘yin namoyish qilamiz»

Azamat Abduraimov: «Eybar»ga qarshi hujumkor o‘yin namoyish qilamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasining hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga asosan Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.  
 
Ertangi o‘yin oldidan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov va “Eybar” U-15 jamoasi bosh murabbiyi Antxon Charola Eskuderolar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
 
Matbuot anjumanida Azamat Abduraimov hamda Antxon Charola Eskudero jurnalistlarning savollariga javob berishar ekan, ushbu o‘yinni tashkil etgani uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasiga minnatdorchilik bildirishdi.
 
Azamat Abduraimov: – Yig‘inga chaqirilgan ayrim futbolchilarda jarohat borligi sababli ertaga maydonga tusha olmasliklari mumkin. Shunga qaramay, ertangi o‘yinda biz hujumkor o‘yin namoyish qilamiz. Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi tomonidan tashkil qilingan CAFA U-15 musobaqasidagi ishtirokdan keyin ertangi o‘yin jamoa futbolchilari uchun katta tajriba bo‘lib xizmat qiladi. Biz 5 ta yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionatini ham kuzatib, terma jamoaga nomzod futbolchilarni tanlab oldik. Masalan, musobaqaning eng yaxshi to‘purari Sardor Tojiboyev safimizga qo‘shilgan. Saralab olingan nomzodlar o‘smirlar terma jamoasiga noyabr oyidagi yig‘inlarda qo‘shilishadi. Dekabr oyida ham bizni Malayziyada “Super Max” xalqaro musobaqasi kutib turibdi. Shu sabab noyabr oyida ham yig‘in tashkil qilib, futbolchilarni sinovdan o‘tkazishda davom etamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:03, 13.10.2018.
O'qildi: 3575 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.