Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ikrom Aliboyev: «O‘zim uchun noqulay pozisiyada o‘ynadim»

Ikrom Aliboyev: «O‘zim uchun noqulay pozisiyada o‘ynadim»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev KXDR termasi ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin biz uchun yaxshi o‘tdi. Butun o‘yin davomida vaziyatni nazorat qilib bordik. Shu sababli 2:0 hisobida g‘alaba qozondik. Zaxiradan tushdim va biroz qiynaldim. Shuningdek, o‘zim uchun noqulay pozisiyada o‘ynadim. Shu boisdan o‘zimning o‘yinim borasida hech nima deya olmayman. Baho muxlislar va murabbiylar shtabi tomonidan beriladi.

Jamoa bosh murabbiyning talablarini 70-80 foizga bajara oldik. Bu Ektor Kuper qo‘l ostidagi uchinchi o‘yin. Shu boisdan hamma ham uning aytganlarini to‘liq bajara olmayapti. Ammo keyinroq uning talablarini 100 foiz bajarib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", — dedi Aliboyev "Lokomotiv" klubi mabuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:19, 14.10.2018.
O'qildi: 5540 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик