Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gulbahor Fayziyeva: «Argentinaga borishdan maqsadim oltin medal qo‘lga kiritish edi»

Gulbahor Fayziyeva: «Argentinaga borishdan maqsadim oltin medal qo‘lga kiritish edi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yakkalik bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Gulbahor Fayziyeva oltin medal egasiga aylandi.

U Milliy olimpiya qo‘mitasining Matbuot va media departamentiga bergan intervyusida Argentinaga aynan shuning uchun borganligini ta’kidlab o‘tdi.

«Olimpiya o‘yinlari oldidan oldimga faqatgina bir maqsadni qo‘ygandim – chempion bo‘lish! Oltindan boshqa variantlarni o‘ylab ham ko‘rmagandim. Beshta bahs ketma-ket bo‘lgani qiyinchilik tug‘dirdi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda odatda ko‘pi bilan ikkita poyga o‘tkazilardi. Birinchi chiqishdan so‘ng 1,5 soat dam oldim.

Keyingi start oldidan esa 3 soat vaqt bo‘ldi. Undan keyingi bahslarda esa tanaffus bor-yo‘g‘i 30 daqiqani tashkil etdi. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. O‘z maqsadimga yetisha oldim. Bundan juda faxrlanaman. Iroda, xarakter va intilish – muvaffaqiyatning asosiy omilidir», – dedi sportchi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:59, 14.10.2018.
O'qildi: 3392 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.