Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

O‘smirlar olimpiadasi. Rekordlar yangilandi!

O‘smirlar olimpiadasi. Rekordlar yangilandi!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Mazkur «kichik Olimpiada» sportchilarimiz uchun har qachongidan ham muvaffaqiyatli kechmoqda. Bugun erkin kurash bo‘yicha bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Umidjon Jalolov musobaqaning oltin medali egasiga aylandi. Ushbu natija orqali O‘zbekistonning o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi rekordi yangilandi.

Bungacha o‘smirlarimizning Olimpiadadagi eng yaxshi natijalari 2014 yilga tegishli edi. Hamyurtlarimiz Nankin Olimpiadasida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgandilar. Jalolovning oltin medalidan so‘ng O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 12 taga yetdi. Hamyurtlarimiz hisobida ayni paytda 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallari mavjud.

Qayd etish lozimki, Argentinada sportchilarimiz yangi yo‘nalishlarda ham medallar qo‘lga kirita boshladilar. Jumladan, bungacha O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha xech qachon oltin medal qo‘lga kiritmagandi. Kumushxon Fayzullayeva bu borada birinchi bo‘ldi. Shuningdek, qizlarimiz ham sport kurashlari bo‘yicha medallarga ega chiqishmagan. Finalgacha yetib borgan Shohida Ahmedova o‘zbek ayollar kurashi tarixida yangi sahifa ochdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ham avvalgi Olimpiya o‘yinlarida medallar olmagandik. Bu safar eshkak eshuvchilarimiz oltin va kumush medallarga ega chiqishdi. Gulbahor Fayziyeva va Islomjon Abdusalomov o‘z ishtiroklari bilan terma jamoamiz hisobiga medal qo‘shib qo‘yishdi.

O‘zbekistonlik sovridor sportchilar ro‘yxati hozircha quyidagicha ko‘rinish olgan:

Oltin:

Jayhunbek Nazarov (dzyudo, mikst)

Kumushxon Fayzullayeva (og‘ir atletika)

Gulbahor Fayziyeva (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Umidjon Jalolov (erkin kurash)

Kumush:

Ulug‘bek Rashitov (taekvondo)

Muhammadqodir Toshtemirov (og‘ir atletika)

Islom Abdusalomov (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Shohida Ahmedova (sport kurashlari)

Bronza:

Nilufar Yermagambetova (dzyudo)

Indira O‘lmasova (gimnastika, mikst)

Dolera Davronova (og‘ir atletika)

Muhammadrasul Rahimov (erkin kurash).

Qayd etish lozimki, 2018 yilda sportchilarimiz o‘zlari ishtirok etgan kompleks musobaqalarda medallar sifati bo‘yicha ham, soni bo‘yicha ham rekordni yangiladilar. Dastlabki rekord XVIII Osiyo o‘yinlarida o‘rnatilgan bo‘lsa, kuni kecha Paralimpiyachilarimiz ham bu boradagi rekordni yangilagandilar. Bu safar esa o‘smirlarimiz aka va opalaridan aslo qolishmasliklarini amalda isbotlab, o‘zbek sporti tarixida yangi saxifa ochishdi. Rekordlar muborak, O‘zbekiston!

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 09:27, 15.10.2018.
O'qildi: 6190 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.