Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Rasman: «Real Madrid» klubi bayonot berdi

Rasman: «Real Madrid» klubi bayonot berdi

Baho:
+ | -2

«Real Madrid» futbol klubi ertaga, 2025 yil 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Kubogi finali uchun tayinlangan hakamlar tomonidan bugun berilgan ommaviy bayonotlarni qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaydi.

Ertangi final hakamlaridan biriga qarshi 24 soat oldin tayyorlangan, so‘z erkinligi bilan himoya qilinadigan Real Madrid TV kabi ommaviy axborot vositasining videolariga to‘satdan e’tibor qaratilgan bu noroziliklar, hakamlarning “Real Madrid”ga nisbatan ochiq va yaqqol dushmanligi hamda qarshi munosabatini yana bir bor namoyon etdi.

Yanada hayratlanarlisi, tahdidli ohangda qilingan va hakamlar o‘rtasida go‘yo birlik borligini anglatuvchi bayonotlar orqali qandaydir chora-tadbirlar yoki harakatlar e’lon qilindi — bular esa butun dunyo bo‘ylab yuz millionlab muxlislar e’tiborini tortuvchi futbol voqeasi oldidan ustuvor bo‘lishi shart bo‘lgan adolat, xolislik va betaraflik tamoyillariga mutlaqo ziddir.

Yuz bergan holatning jiddiyligini hisobga olgan holda, “Real Madrid” klubi Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) va hakamlar hay’ati mas’ullari o‘zlari vakillik qilayotgan tashkilotlari nufuzini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishlariga umid qiladi».

Kiritildi: 23:28, 25.04.2025.
O'qildi: 6878 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик