Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ispaniya kubogi finali oldidan katta shov-shuv: «Real» va hakamlar o‘rtasida mojaro avj olmoqda

Ispaniya kubogi finali oldidan katta shov-shuv: «Real» va hakamlar o‘rtasida mojaro avj olmoqda

Baho:
+1 | -

2025 yil 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Kubogi finali oldidan katta mojaro yuzaga keldi. «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi muhim uchrashuvda belgilangan hakamlar qaroridan norozi bo‘lgan madridliklar turli tashkiliy tadbirlarda ishtirok etishdan bosh tortib, hattoki o‘yinda ishtirok etmaslik ehtimolini ham ko‘rib chiqmoqda.

Televideniye tanqidi va hakamning ko‘z yoshi
«Real Madrid TV» telekanali "el-klasiko" oldidan hakamlarga bosim o‘tkazishni boshladi va hakamning oldingi uchrashuvlardagi xatolariga bag‘ishlangan uch daqiqalik video e’lon qilgan. Unda De Burgos boshqaruvida «Real» 64%, «Barselona» esa 81% o‘yinda g‘alaba qozongani qayd etilgan.

Final uchrashuviga bosh hakam etib tayinlangan Rikardo De Burgos Bengoechea o‘tkazgan matbuot anjumanida ko‘z yoshini tiyib tura olmadi. U Madrid TV tomonidan tanqid qilinishini shaxsiy hayotiga ta’sir qilganini aytib o‘tdi:  

«O‘g‘limga maktabda otang o‘g‘ri, deyishdi. U uyga yig‘lab qaytdi. Bu juda og‘ir».

Finalda VAR hakami etib tayinlangan Pablo Fuertesning javobi esa keskinroq bo‘ldi:

«Biz yaqin kunlarda jiddiyroq choralar qo‘llab, tarixga kiramiz. Mana ko‘rasiz».


«Real»ning keskin javobi va rasmiy tadbirlardan bosh tortishi

Bu tanqidlarga javoban «Real» televideniyesi ispan hakamlarini jiddiy tanqid qilib, ularni jahon chempionatlari yoki klublar o‘rtasidagi chempionatlarda ishtirok etmasligi bilan masxara qildi.  

«Ispan hakamlari darajasi noldan past. Bu fakt. Adolat hukm suradigan futbolni ko‘rishni istasak, bu hakamlar ketishi kerak», — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, «Real» matbuot anjumani, rasmiy fotosessiya va final oldi mashg‘ulotlardan bosh tortdi. Klub rasmiy ravishda Rikardo De Burgos va VAR hakami Gonsales Fuertesni uchrashuvdan chetlatishni talab qilib, Ispaniya Futbol Federasiyasiga (RFEF) murojaat qildi.

RFEFning qat’iy pozisiyasi va «Real»ning yangi talablari

Federasiya va Texnik hakamlar qo‘mitasi bu talabni rad etdi. Ular Bengoechea va Fuertesga bo‘lgan ishonchni saqlab qoldi.  

Shundan so‘ng, «Real»ning huquqshunoslari hakamlardan rasmiy kechirim so‘rashini talab qiluvchi bayonot tayyorlashga kirishdi. Hattoki, ayrim manbalarga ko‘ra, «qirollik klubi» final o‘yinida ishtirok etmaslik masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 23:11, 25.04.2025.
O'qildi: 4705 marta.
Fikrlar: 58 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.