Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Agar «Real» Ispaniya kubogi finalidan bosh tortganda nima bo‘lardi?

Agar «Real» Ispaniya kubogi finalidan bosh tortganda nima bo‘lardi?

Baho:
+-1 | -

«Real» agar Ispaniya Kubogi finalida ishtirok etmaslikka qaror qilganida, qanday jazo olishini Relevo ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, agar madridliklar «Barselona»ga qarshi final o‘yinida qatnashmaganida, keyingi mavsumda Ispaniya Kubogida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lardi.

Bu holda, finalda «Real» o‘rniga yarim finalda mag‘lub bo‘lgan «Real Sosyedad» ishtirok etishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kubogi finali oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bosh hakam Rikardo de Burgos Bengoechea «Real» televideniyesidagi tanqid haqida gapirib, ko‘z yoshi to‘kdi: «Farzandam uyga yig‘lab kelsa, chunki maktabda uning otasini o‘g‘irlikda ayblashsa — bu juda og‘ir». VAR hakami Pablo Gonsales Fuertes esa «Real» televideniyesida chiqqan videorolik uchun jiddiy oqibatlar bo‘lishini va’da berdi.

«Real» hakamlar brigadasiga nisbatan bildirilgan fikrlardan norozi bo‘lgan va ularni almashtirishni talab qilgan. Xabarlarga ko‘ra, hatto finalda qatnashmaslik masalasi ham ko‘rib chiqilgan. Keyinroq klub «Barsa»ga qarshi finalni boykot qilish ehtimolini rad etdi: «Hakamlarning noto‘g‘ri bayonotlari butun dunyo kuzatayotgan o‘yinga soya sololmaydi. Futbol qadriyatlari ustuvor bo‘lishi kerak».

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:21, 26.04.2025.
O'qildi: 6018 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.