Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Paraosiyo o‘yinlari rekordchilari Toshkent xalqaro aeroportida katta tantana bilan kutib olindi (fotogalereya)

Paraosiyo o‘yinlari rekordchilari Toshkent xalqaro aeroportida katta tantana bilan kutib olindi (fotogalereya)

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 6-13 oktyabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar har qachongidan ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Kecha tunda ushbu o‘yinlarda ishtirok etgan sportchilarimiz Janubiy Koreya orqali yurtimizga qaytib kelishdi. Sportchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Bosh vazir o‘rinbosari so‘zga chiqar ekan, qayd etilgan yuksak natija, ko‘rsatilgan jasorat uchun hukumat nomidan minnatdorchilik bildirdi. Ushbu yutuqlar zamirida ulkan mehnat yotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng Miran Saxatov, Rozaxon Qo‘ziyeva kabi sportchilarimiz, paraatletlarimizning ota-onadari so‘zga chiqib, yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi. Sportchilarimiz navbatdagi musobaqalarda bundanda yuksak natijalarni qayd etishga va’da berishdi.

Shundan so‘ng tantanalar O‘zbekiston Milliy paralimpiya assosiasiyasida davom ettirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi va qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan paralimpiyachilarimizni tabrikladi.

So‘nga yig‘ilganlar uchun bayramona dasturxon yozildi. Estrada xonandalarining chiqishlari esa tadbirga yanada ko‘tarinki rux bag‘ishladi.

Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan Paraosiyo o‘yinlarida Hamyurtlarimiz tomonidan 77 ta medal, jumladan 35 ta oltin, 24 ta kumush va 18 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi. Bu orqali O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarida medallar sifati bo‘yicha ham, soni bo‘yicha ham o‘z rekordini yangiladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:01, 16.10.2018.
O'qildi: 8595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.