Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Nega suron ko‘tarding, Turon?

Nega suron ko‘tarding, Turon?

Baho:
+ | -

Transfer huquqi bo‘yicha «Barselona»ga tegishli va ayni payt «Istanbul» klubi safida to‘p surayotgan turkiyalik yarim himoyachi Arda Turon navbatdagi mojaroga o‘ralashib qoldi. Football Espananing xabar berishicha, ehtirosli futbolchi bu safar Istanbuldagi tungi klublardan birida turkiyalik qo‘shiqchi Berkay Shaxinni urib, uning burnini sindirdi...

Ma’lum bo‘lishicha, Arda Turon xonandaning rafiqasi O‘zlem Shaxinga gap otgach, o‘rtada janjal kelib chiqqan. Fanatik nashrida yozilishicha, yevrofutbolda nom qozongan yarim himoyachi O‘zlem Adi Shaxinga yaqinlashib, ortiqcha gapirgan: «Agar bo‘ydoq bo‘lganimda edi, sendek hurliqo jonon yonidan beparvo o‘tib ketolmasdim aslo...». Tabiiyki, bu Berkay hamiyatiga tekkan va o‘rtada nizo chiqqan. Yakunda burni singan qo‘shiqchini shifoxonaga olib borishgan. Qo‘shimcha qilinishicha, uni tezda jarrohlik stoliga yotqizishgan. Xullas, jabrlanuvchi shifoxonada qolgan.

Voqea shu bilan tugamagan. Ya’ni Turon keyinroq Shaxin ortidan shifoxonaga borib, qo‘lida to‘pponcha ko‘tarib turgancha undan kechirim so‘ragan: «U sening turmush o‘rtog‘ing ekanligini bilmagandim. Meni kechir, iltimos. Xohlasang, to‘pponcha bilan meni otib tashla...». 31 yoshli faxriy futbolchi ushbu mojaro haqida «Instagram»dagi shaxsiy sahifasida ham yozdi. To‘g‘ri, Arda unda qo‘shiqchining hamxonasiga shilqimlik qilganini inkor etdi: «Ha, o‘sha yerda ikkimiz bahslashib qoldik. Restoranga do‘stlarim bilan borgandim. Ammo alohida ta’kidlayman, janjalning sababi or yoki nomus emas...».

Aytish kerak, Turkiya futbolining eng yorqin vakillaridan biri hisoblangan Arda Turon oldin ham bir necha marta turli ko‘ngilsiz voqealarga o‘ralashib qolgandi. Misol uchun, 2017 yilning yozida Turkiya terma jamoasi ustozi Fotih Terim uni tarkibdan chetlashtirgandi. Sababi - Arda samolyotda futbolchilar bilan birga uchgan jurnalistni bo‘g‘ib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qolgandi. Futbolchi ayni o‘sha mojarodan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlab qo‘ya qolgandi.

Yana bir noxush voqea shu yil mart oyida kuzatildi: turkiyalik jurnalistlardan biri Turonga rafiqasi haqida savol berdiyu, baloga duchor bo‘ldi. Ya’ni g‘ururi baland yarim himoyachi birdaniga quturib ketib, muxbirga oshkora tahdid soldi: «Aslida boshingni tanangdan judo qilish kerak ekan. Hushyor yur». May oyida esa futbolchi Turkiya chempionatining o‘tgan mavsumi 32-turidan o‘rin olgan «Sivasspor»ga qarshi o‘yinda hakamga tashlandi. Oqibatda mamlakat futbol federasiyasi uni naq 16ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi.

Darvoqe...

Ma’lumot uchun aytish kerak, Arda Turon shu yilning 11 mart kuni Aslixon Do‘g‘an bilan oila qurgandi. Kelin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning qizidir. Nikoh o‘qish marosimida davlat rahbari va uning turmush o‘rtog‘i guvoh sifatida ishtirok etishgandi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:30, 17.10.2018.
O'qildi: 2695 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.