Pepsi Superliga 26-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng “So‘g‘diyona” jamoasi sardori Sanjar Rashidov o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bu o‘yinga ko‘p vaqt davomida tayyorlandik va g‘alaba biz uchun muhim edi. Og‘ir o‘yin o‘tkazdik. G‘alaba qozondik bundan xursandmiz.
Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga jamoamiz nomidan raxmat aytamiz”,deydi Sanjar Rashidov