Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

«Dinamo» Samarqand futbol akademiyasida «master-klass» o‘tkazdi

«Dinamo» Samarqand futbol akademiyasida «master-klass» o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

20 oktyabr kuni “Dinamo” futbol klubi a’zolari Samarqand shahrida joylashgan bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurishdi.

“Dinamo” klubi barcha futbolchilari, jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziyev, bosh menejer Ilhom Sharipov, klub sport direktori Rustam Istamov ishtirok etgan tadbirda klub va viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik yanada mustahkamlandi. Tadbirni Samarqand viloyat futbol Assosiasiyasining vise-prezidenti Shuhrat Sayfullayev va akademiya direktori Vladimir Gurshumov ochib berdi.

Dastlab, “Dinamo” futbolchilari akademiya tarbiyalanuvchilari bilan o‘zaro tanishib, so‘ng ularga “master-klass” o‘tkazishdi, birga mashg‘ulotlarga kirishishdi. Shundan keyin akademiyaning turli yoshdagi ishtirokchilari bilan o‘zaro jamoalarga bo‘linib, birga futbol o‘ynashdi.

Tadbir davomida Uchqun Qobilov va akademiyaning bir qator malakali murabbiylari qo‘l ostida futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan tarbiyalanuvchilar “Dinamo” futbolchilariga o‘zlarini qiziqtirayotgan savollari bilan murojaat etishdi.

Qiziqarli va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv yosh futbolchilarga katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida viloyat futbol akademiyasi va klub o‘rtasida mana shunday uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, Samarqand bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga har bir yosh toifasidan 22 tadan umumiy 154 nafar o‘quvchi qabul qilingan bo‘lib, hozirda ular faol ravishda mashg‘ulotlar olib borishmoqda.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:30, 21.10.2018.
O'qildi: 4206 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.