Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Chempionlar yetishib chiqqan Qorako‘ldagi maktab-internatda sharoit og‘ir...

Chempionlar yetishib chiqqan Qorako‘ldagi maktab-internatda sharoit og‘ir...

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatining o‘quvchilari 2014-2017 o‘quv yillari davomida Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Tailand va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro va jahon fan olimpiadalarida ishtirok etgan. Turon24 muxbiri mazkur ta’lim maskanidagi sharoitlarni o‘rgandi.

Aniqlanishicha, O‘zbekistonga 20 ga yaqin chempionni yetkazib bergan maktab-internatda ta’lim olish, turli mashg‘ulotlar bilan shug‘allanish uchun imkoniyat yetarli emas, sharoit davr talablariga mutlaqo javob bermaydi. Hozir o‘quv binosining ichki va tashqi devorlari nurab bormoqda. Sport zali hamda majlis zali yo‘q. Sport maydoni nochor va ta’mirga muhtoj, hojatxonalar ayanchli ahvolda.

368 o‘quvchi tahsil oladigan maktab-internat yotoqxonasi 50 o‘ringa mo‘ljallangan. Biroq undan 110 o‘quvchi foydalanadi. 3 ta sinf xonasi ham qo‘shimcha yotoqxona sifatida moslashtirilgan. 160 dan ortiq o‘quvchi esa uyga qatnab va hududga yaqin uylarda ijarada turib tahsil oladi.

Ma’lumot uchun: Qorako‘ldagi ushbu maktab-internatga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. Unda 47 nafar oliy toifali o‘qituvchi va 10 nafar xalq ta’limi a’lochisi saboq beradi. Ichki tartib-intizom qoidalariga qat’iy amal qilinadi. Joriy o‘quv yilida 30 o‘ringa 500 dan ortiq bola da’vogarlik qilgan.

Manba: www.turon24.com
Kiritildi: 14:16, 22.10.2018.
O'qildi: 4058 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.