Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

28 oktyabr kuni “Milliy” stadionda La liga elchisi ishtirokida “Ommaviy El-Klassiko” tadbiri bo‘lib o‘tadi

28 oktyabr kuni “Milliy” stadionda La liga elchisi ishtirokida “Ommaviy El-Klassiko” tadbiri bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Bilasiz, joriy yildan boshlab O‘zbekiston hamda Ispaniya futbol ligalari o‘rtasida yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Aprel oyi boshida Madridda amaliy ishchi tashrif bilan bo‘lgan O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov La liga bosh direktori Xavyer Gomes bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgandi. La liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga, mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Uchrashuv yakunida esa O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasi o‘rtasida 2020 yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, translyasiyalar va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo‘lishdi.

O‘zaro hamkorlik doirasida joriy yil so‘nggiga qadar yana bir qator tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan La liganing yangi mavsum uchun taqvimiga ko‘ra, “Barselona” hamda “Real” o‘rtasidagi birinchi “El-Klassiko” LaLiganing 10-tur uchrashuvlari doirasida 28 oktyabr kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi. PFL hamda La liga o‘zaro hamkorlikda butun dunyo futbol jamoatchiligi diqqat-markazida bo‘ladigan mazkur o‘yin targ‘ibotini yurtimizda ham yanada kengaytirish maqsadida shu kuni poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida “Ommaviy El-Klassiko” tadbirini o‘tkazishni rejalashtirishdi.

Unga ko‘ra, katta shou tarzida tashkil etiladigan tadbirda ispan futboli ixlosmandlari uchun ko‘plab ajoyib syurprizlar tayyorlanmoqda. Dastur avvalida o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Unda, PFL va La liga hamkorligi doirasida PFL elchisi etib tanlangan maftunkor xonanda Shahzoda, DJPiligrim hamda yana bir qator yulduzlar ishtirok etishadi.

Shuningdek, o‘zbek estradasi yulduzlari yaqin o‘tmishning nomdor futbolchilariga qarshi ko‘rgazmali "El-Klassiko"da kuch sinashishadi.

So‘ngra, yaqin o‘tmishning mashxur hujumkor yarim himoyachilaridan biri, “Barselona”, “Atletiko Madrid”, “Liverpul” va Ispaniya terma jamoasi safida ko‘rsatgan mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan futbolchi, endilikdagi La liga elchisi – Luis Garsiya o‘zbekistonlik yosh “charm to‘p” ustalariga mahorat darsi o‘tib beradi.

Keyin esa La liga elchisi Luis Garsiya hamda ushbu hamkorlik doirasidagi PFL elchilariShahzoda va DJPiligrim yig‘ilgan futbol ishqibozlariga PFL va La liga tomonidan tayyorlab qo‘yilgan maxsus sovg‘alarni taqdim etishadi. 

Ushbu kungi bayram tadbirining eng avj nuqatasida esa stadionga o‘rnatiladigan katta ekranlarda barcha birgalikda “Barselona” – “Real” uchrashuvini tomosha qiladi.

Qayd etish joizki, La liga har yili dunyoning bir nechta yirik shaharlarida shunday “Ommaviy El-Klassiko” namoyishlarini o‘tkazib keladi. O‘tgan yili Nyu York shahrida mana shunday namoyish o‘tkazilgan bo‘lsa, joriy yilda Hindistonning Kalkutta shahrida “Ommaviy El-Klassiko” tadbiri bo‘lib o‘tadi. 

La liga hamda PFL hamkorligi doirasida poytaxtimiz – Toshkentda ham ilk bor butun dunyo futbol jamoatchiligi diqqat-markazidagi bahs katta ekranlarda, La liga elchisi ishtirokida va shou-konsert tarzida bo‘lib o‘tadi.

Barcha futbol ishqibozlarini 28 oktyabr kuni “Milliy” stadioniga chorlaymiz. Kirish chiptalarini “Milliy” stadion kassalaridan harid qilish mumkin bo‘ladi. 

“Milliy” stadionga keling va ajoyib futbol atmosferasidan bahramand bo‘ling! 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:36, 22.10.2018.
O'qildi: 4812 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.