Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Bo‘rilar»ning kamtar ustozi

«Bo‘rilar»ning kamtar ustozi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi sovrini «Vulverxempton» ustozi Nunuga nasib qildi.

E’tiborli tomoni, uning jamoa­si yettinchi o‘rinda bormoqda. Sovrin ta’sischilari laureatni yuqori pog‘onalarni egallab turgan klublardan emas, balki aynan «Vulvs»dan tanlashgani tahsinga loyiq.

2005 yili darvozabon Nunu «Portu»dan Moskvaning «Dinamo» jamoasiga o‘tgandi. O‘shanda moskvaliklar bir qator futbolchilarni xarid qilishgandi. Manishe, Koshtinya va Nunu shular jumlasidan. Lekin «Dinamo»da Nunu hamyurtlari singari o‘zini ko‘rsata olmagan. Ulardan faqatgina Danni Rossiyada anchayin nom qozongandi.

Nunu «Dinamo» safida atigi 11ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 17ta to‘p o‘tkazib yuborgan. Keyinchalik Portugaliyaga qayt­gan darvozabon avvaliga o‘rtamiyona «Avesh», so‘ngra «Portu»da to‘p surdi.

«Dinamo»da ikki guruhga bo‘linib qolgandik, - deb eslaydi Nunu. — Kiyinish xonasining bir chetida ruslar, narigi tarafida esa portugaliyaliklar va boshqa legionerlar. Bu guruhlar bir-birlari bilan deyarli muloqot qilishmasdi.

Albatta, Rossiya klubida 8 nafar portugaliyalikning to‘p surishi oshiqcha. Menimcha, milliy chempionatlarda mahalliy futbolchilar ko‘p bo‘lishi kerak. Boz ustiga, bir jamoada sakkiz nafar bir xil millat egasining borligi - bu haqiqiy halokat».

Ayni payt Nunu ancha muvaffaqiyatli murabbiylardan biri hisoblanadi. Oxirgi 12 yilda deyarli pul ishlab topmadi. Endi esa Angliyada zafar quchmoqda. Nunu avvaliga «Vulverxempton»ni Chempionshipdan APL­ga olib chiqdi. Endi esa jahonning eng maftunkor ligasida «Vulvs»ni yaxshi boshqarmoqda. «Bo‘rilar» hozir APL turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turishibdi.

Sentyabr oyida Nununing jamoa­si APL doirasida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramadi. Uchta g‘alaba va «Old Trafford»da «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan bahsda qayd etilgan yagona durang.

Qisqasi, Nunu haqli ravishda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. U 44 yoshida muvaffaqiyat qozondi. Sovrinni unga 11 yoshli maktab o‘quvchisi - Xanna topshirdi. Kamtar qiz mukofotni kamtar murabbiy qo‘liga berdi. «Futbolda yakka holatda natijaga erishib bo‘lmaydi. Biz birgalikda ishlaymiz. Shunday ekan, sovrin meniki emas, balki butun jamoaniki», - dedi Nunu.

Aytgancha, «Vulverxempton»da Portugaliya pasportiga ega bo‘lgan olti nafar futbolchi to‘p suradi. Ular orasida mamlakat terma jamoasi pleymeykeri Joao Moutinyo ham bor. «Ularning aksariyati Angliyaga oldinroq tashrif buyurgan. «Portugalcha» kechalar uyushtirilmayapti. Hamma bir-biri bilan muloqot qiladi. Muammo haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas», - deydi murabbiy.

Natijalar va «Vulvs»ning ajo­yib o‘yinlarini ko‘rib Nununing gaplariga ishonsa bo‘ladi. Yaqinda ushbu mutaxassis o‘ziga xos rekord qayd etdi. U qatorasiga to‘qqiz o‘yinda bir xil asosiy tarkibni maydonga tushirdi: Ruy Patrisiu, Koudi, Boli, Kastro, Bennett, Diogu Jota, Moutinyo, Elder Koshta, Ruben Nevesh, Doerti, Ximenes.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:36, 23.10.2018.
O'qildi: 2938 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.