Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Shavkat Mirziyoyev eng yosh xalqaro grossmeysterga maktub yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev eng yosh xalqaro grossmeysterga maktub yo‘lladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 yoshida jahonning amaldagi eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylangan Javohir Sindarovga maktub yo‘lladi.

Mirziyoyev imzosi tushirilgan maktubda Sindarov shaxmat olamidagi eng oliy maqom — xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgani bilan tabriklangan.

“O‘zbekiston mamlakatining sendek 12 yashar navqiron, azm-u shijoatli farzandi g‘oyat murosasiz ruhda o‘tgan saralash bahslarida muvaffaqiyat qozonib, jahonning amaldagi eng yosh grossmeysteri darajasiga ko‘tarilgani, dunyo shaxmati tarixidagi bu yuksak natija, hech shubhasiz, barchamizga, butun O‘zbekiston xalqiga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”, deyilgan maktubda.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, maktubida bunday natija boshqa ming-minglab yosh o‘g‘il-qizlarning katta g‘alabalarni qo‘lga kiritishi uchun ruhlantirishini ham alohida ta’kidlagan.

“Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston iftixori bo‘lgan sendek zukko farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onangga, barcha oila a’zolaringga, ustoz va murabbiylaringga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman. Senga baxt va omad, baland parvozlar hamda yangi-yangi g‘alabalar doimo hamroh bo‘lishini tilayman”, deya tugatilgan maktub.

Avvalroq, unga Toshkent shahar hokimligi tomonidan uch xonali uy taqdim etilgandi.

Kiritildi: 10:15, 23.10.2018.
O'qildi: 6170 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик