Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kasilyas Moskva va Toshkentning «Lokomotiv»larini adashtirib qo‘ydi

Kasilyas Moskva va Toshkentning «Lokomotiv»larini adashtirib qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas ijtimoiy tarmoqlar orqali noqulay ahvolga tushib qoldi. Ispaniyalik posbon Moskvaning "Lokomotiv"i bilan Toshkentning "Lokomotiv" klubini adashtirib qo‘ydi.

Moskva "temiryo‘lchilari" ertaga Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida "Portu"ni qabul qilishadi. Kasilyas Moskvadagi "Qizil maydon"da suratga tushib, uni Tvitterdagi sahifasiga qo‘ydi.

"Jahon chempionatida ekspert sifatida ishlaganimdan keyin Chempionlar ligasi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin uchun yana bu yerga qaytdim", — deya yozuv qoldirdi va Toshkentning "Lokomotiv" klubining Tvitterdagi rasmiy sahifasiga teg qoldirdi.

O‘zbekistonning "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati esa Ikerning bu ishiga hazilomuz tarzda javob qaytardi: "Iker Kasilyas, seni Toshkentda palov kutmoqda. Palosh karam sho‘rvadan yaxshiroq va bizning jamoa kuchli. Bu haqda "Galatasaroy" muxlislaridan so‘rang".

Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" – "Portu" bahsi ertaga, Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:46, 23.10.2018.
O'qildi: 10141 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик