Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Edgaras Yankauskas: «Men uchun eng yaxshisi - Modrich»

Edgaras Yankauskas: «Men uchun eng yaxshisi - Modrich»

Baho:
+ | -

FIFAning eng yaxshi futbolchini aniqlash so‘rovida Moskvaning SSKA va «Torpedo» klublari sobiq futbolchisi Edgaras Yankauskas ham ishtirok etdi. Ayni payt u Litva terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlamoqda.

Uning uchligi quyidagicha ko‘rinish oldi: Luka Modrich, Eden Azar, Kilian Mbappe. Rossiyalik jurnalistlar buning sababini so‘rashdi.

- Modrichga nega ovoz berganimni tushuntirishimga hojat bo‘lmasa kerak, - deya gap boshladi 43 yoshli mutaxassis. - U klubda fantastik mavsumni o‘tkazdi. Xorvatiya terma jamoasi bilan jahon chempionati finaliga qadar yetib bordi. Bu jamoa uchun ajoyib natija Uning individual harakatlari va jamoalarining natijalari yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi uchun zamin yaratdi.

Albatta, kuchli uchlikka Ronaldu va Grizmannni qo‘shishim mumkin edi. Biroq eng yorqin bo‘lmagan futbolchilarni tanladim. Azar - Belgiya terma jamoasining haqiqiy yetakchisi.

Belgiyaliklar ham xorvatlar singari mundial kashfiyotlaridan biri bo‘lishdi. «Chelsi» yarim himoyachisi jamoaning ishlari yurishmay turgan paytda «motor»ini qo‘shadi. Mbappe esa - fenomen. Shu yoshda bajarayotgan ishini ko‘rib ishonmay ketadi odam.

- Jahon chempionligi klublar natijalaridan yuqori turadimi?

- Bir-biriga xalaqit bermaydi. Ronaldu va Lionel Messi jahon chempioni bo‘lmay eng yaxshi maqomini qo‘lga kiritishgan. Chempionlar Ligasi ham oson turnir emas.

- Shunga qaramay, FIFA talqiniga ko‘ra, Didye Desham jahonning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi. Zidan esa...

- Ularning natijalari yuqori. Zidan «Real» bilan qatorasiga uch marta Chempionlar Ligasini yutib, mutlaq rekord o‘rnatdi, chog‘i. Lekin Deshamning natijasini yuqori hisoblagan bo‘lardim.

Har holda, Fransiya JCH-2018ning birinchi raqamli favorit jamoasi emasdi. Desham terma jamoaga futbolchi tanlashda qiyinchilikka duch keldi. Chunki Fransiyada bir xil darajadagi futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qilardi. Yakunda u tarkib tanlashda adashmadi.

Shuningdek, Benjamen Pavar singari yangi nomlarni kashf qildi. Fransiya terma jamoasi haqiqiy musht, ahil oila ekanligini isbotladi. Zidanga kelsak...

To‘g‘risini aytsam, uni hamon murabbiy sifatida qabul qila olmayman. Xuddi hamon maydonda mo‘’jiza ko‘rsatayotgan futbolchidek tuyulaveradi. Zidanning «Real»dan keyin qanday ishlashi qiziqroq.

- Tibo Kurtuaning eng yaxshi darvozabon bo‘lganiga qanday munosabat bildirasiz?

- Bir nima deyish qiyin. Nima uchun Ugo Lyorisni tanlashmadi, tushunmadim. Finaldagi xatosini inobatga olmasa, chempionatni fenomenal tarzda o‘tkazdi.

Menga imkon berishganida, fransiyalik darvozabonni tanlardim. Bu «Nissa»da birga o‘ynaganimiz uchun emas. Haqiqatdan ham Lyoris eng yaxshi bo‘lishga loyiq.

- Oldinda «Oltin to‘p» sovrini turibdi. Bu mukofotni ham Modrich qo‘lga kiritadimi yoki boshqa nomzodlar yutib ketadimi?

- Umuman olganda, bu yil da’vogarlar ko‘p. Menimcha, «Oltin to‘p»ni Grizmann qo‘lga kiritsa kerak. Birinchidan, u fransuz. «Oltin to‘p» sohibi France Football so‘roviga ko‘ra aniqlanadi.

Ikkinchidan, u jahon chempioni bo‘ldi va Yevropa Ligasida zafar quchdi. Lekin men uchun bu yil birinchi raqamli futbolchi baribir Modrich bo‘lib qolaveradi.

- Hozir Litva terma jamoasini boshqaryapsiz. Rossiya Premyer-ligasini kuzatib boryapsizmi?

- Albatta. SSKAdagi avlodlar almashuvi davrini kuzatish qiziq bo‘lyapti. Shuningdek, yosh bo‘lgan Sergey Semak «Zenit»da yoki Dima Xoxlov «Dinamo»da ish olib borishmoqda.

- «Dinamo» safida Litva termasi sardori Fyodor Chernix to‘p suryapti...

- Fedya - jamoamizdagi muhim figura. Biz hamisha aloqadamiz. U maydonga tushgan barcha o‘yinlarni tomosha qilyapman.

- Xoxlov bilan uning o‘yinini muhokama qildingizmi?

- Hozircha yo‘q. «Dinamo»ning «Rubin»ga qarshi o‘yiniga bordim. Lekin Dima bilan gaplasha olmadim. Imkon tug‘ilganda, unga salom yo‘llayman. U bilan bir-birimizni yaxshi taniymiz. «Torpedo» va «Real Sosyedad»da birga o‘ynaganmiz. 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:28, 24.10.2018.
O'qildi: 1567 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.