Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

No‘’mon Hasanov: «Qo‘qon-1912»ning g‘alabasi turmush o‘rtog‘imga eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi»

No‘’mon Hasanov: «Qo‘qon-1912»ning g‘alabasi turmush o‘rtog‘imga eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliga 27-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Neftchi” o‘yinidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No‘’mon Hasanov qatnashdi.

“G‘alaba butun Qo‘qon xalqining g‘alabasi deb bilaman. Bugun muxlislarimiz bizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlashdi.

G‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilgani yo‘q. Qo‘qonliklarga quvonch baxsh etishni maqsad qilganmiz. O‘zim ham qo‘qonlikman va bu yerda futbolni qanchalik yaxshi ko‘rishlarini bilaman.

Bugungi g‘alaba men uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi bugun turmush o‘rtog‘imning tug‘ilgan kuni. Bu g‘alaba turmush o‘rtog‘imga eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi.

Standartlar ustida ko‘p ishlaymiz. Mana natijasi bugungi o‘yinda bilindi. Darko Gojkovichning bugun omadi keldi.

U yana gollar urishini tilab qolaman. Tarkib borasida ham biroz muammoga duch kelyapmiz. Jasur Hakimovning kutilmaganda jarohat olgani rejalarimizni o‘zgartirib qo‘ydi.

Birinchi bo‘limda “Neftchi”da ham golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi taymda esa raqibga imkon qoldirmadik.

Jamoada kim murabbyi bo‘lib ishlashidan qa’tiy nazar muxlislarimiz jamoamni doimo qo‘llab-quvvatlashlarini istayman”, deydi Hasanov.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 20:45, 24.10.2018.
O'qildi: 2001 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик