Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

Halollik bo‘lsa...

Halollik bo‘lsa...

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Interfutbol" gazetasi tahririyatiga muxlisdan kelgan ushbu sher havola qilindi.

Muxlislar qalbida bahor kezadi,

G‘am-anduh qal’asin shodlik buzadi,

Shoir ham misraga so‘zlar tizadi,

Qachonki, futbolda halollik bo‘lsa.

        Tepaga aylanmas tog‘ kabi bardosh,

        Hakamlar sha’niga otilmagay tosh,

        Chollar ham bir nafas bo‘lib qolar yosh,

        Qachonki, futbolda halollik bo‘lsa.

Huvillab yotmasdi ko‘rkam o‘yingoh,

Tushmasdi maydonga shifokor-jarroh,

Ayamas karamin hattoki, Olloh,

Qachongi, futbolda halollik bo‘lsa.

        Do‘stlar diydori bilmagay hijron,

        Chiptalar bahosi o‘psa ham osmon,

        Nolimas cho‘ntakda yaltiroq hamyon,

        Qachonki, futbolda halollik bo‘lsa,

Yuksalish yo‘lida shaxdam yurilar,

O‘yin husniga ziynat berilar,

Yutuqlar gashtidan ko‘krak kerilar,

Qachonki, futbolda halollik bo‘lsa.

        Mundial bahsida javlon urardik,

        Yulduzlar safida mangu turardik,

        Goh, tilla kubokni ko‘zga surardik,

        Qachonki, futbolda halollik bo‘lsa.

Bahrom SIDDIQOV, Jizzax shahri.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:46, 24.10.2018.
O'qildi: 1900 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.