Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Mirjalol Qosimov «Bunyodkor»ning kelajagi borasidagi savolga javob qaytardi

Mirjalol Qosimov «Bunyodkor»ning kelajagi borasidagi savolga javob qaytardi

Baho:
+ | -1

Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasi 27-turi doirasida chempionlik uchun kurashayotgan «Paxtakor» jamoasi safarda «Bunyodkor»ga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endilikda, «Paxtakor» chempionlik uchun kurashuvchilar guruhida 27 ochko bilan «Lokomotiv»dan 6 ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda, «Bunyodkor» esa 20 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qolgan.

O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida «qaldirg‘ochlar» jamoasi ustozi Mirjalol Qosimov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Ikki xil bo‘lim guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Ammo yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Mana, ko‘rib turibsizlar, zaxira o‘rindig‘imizda akademiya tarbiyalanuvchilari o‘tirishibdi. Bu o‘yinda besh futbolchimiz ishtirok eta olmadi. Ikki o‘yinchi diskvalifikasiya, uch futbolchi jarohat sababli o‘ynay olishmadi. Bu yo‘qotishlar esa o‘z so‘zini aytadi. 

Bekobodda ham birinchi bo‘limga qaraganda ikkinchi bo‘limda sust o‘ynagandik, shu bois oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik. Shunday o‘yinlar orqali tajriba to‘planadi», - degan Qosimov.

Undan shuningdek, klubning kelajagi borasida so‘rashdi. Jurnalist oxirgi vaqtlarda «Bunyodkor» klubi moliyaviy muammolarga duch kelgani, keyingi mavsumda Superligada ishtirok etmasligi, klub butunlay tugatilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalayotganini eslatib o‘tgan.

«Avvalambor muxlislar uchun o‘ynaymiz. To‘g‘ri, mukofot pullari yo‘q, lekin bu bahona bo‘lishi kerak emas.

O‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan, qolaversa, kelajakda yaxshi futbolchi bo‘laman degan yoshlar bu narsani o‘ylashi kerak emas. Yigitlar bilan kelishib olganmiz. Tashqaridan bu hech kimga qiziq emas. Albatta o‘z darajamizdan pastga tushishimiz kerak emas.

Endi, odam rezinka emas, charchaydi. Maqsadimiz, Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, bu qiyin, lekin oxirigacha kurashamiz.

Klub yopilishi yoki yopilmasligi, olti ochko olinadi, olinmaydi, degan gaplarni vaqt ko‘rsatadi. Yil oxirida ko‘ramiz. Hozir eng muhimi mavsumni oxirigacha yetkazib qo‘yish», deya murabbiyning so‘zlarini keltirgan «Tribuna» muxbiri.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 21:14, 24.10.2018.
O'qildi: 3033 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик