Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Umid Ahmadjonov JAKO bilan hamkorlik haqida ma’lumot berdi

Umid Ahmadjonov JAKO bilan hamkorlik haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Germaniyaning JAKO (YAKO) kompaniyasi bilan erishilgan hamkorlik kelishuvi bo‘yicha batafsilroq ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, JAKO bilan 3 yillik kelishuv tuzilgan va JCH-2020 sikli yakuniga qadar ushbu kompaniya O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalariga tekinga ekipirovkalar yetkazib beradi. Olimpiya terma jamoasi esa oldiroq erishilgan kelishuv bo‘yicha PRES-JOG tomonidan kiyintiriladi. 

«JAKO bir yilda 365 komplekt yetkazib berib turadi. Hamasi tekinga. Ichida 96 xil narsasi bo‘ladi, kurtkalaridan tortib, paypog‘igacha. Taqqoslash uchun, Adidas atigi 20 xil kiyimdan iborat komplekt taklif qilgandi.

Osiyo kubogi uchun ham maxsus forma qilib beriladi. Keyinroq, alohida dizayn ishlab chiqilib, hamisha shu dizayndagi liboslar kiyiladi», deydi Umid Ahmadjonov.

Qayd etish kerakki, sentyabr oyi boshida O‘FA Adidas bilan shartnoma tuzishi haqida xabar tarqalgandi. Ammo sinov muddatidan keyin bu variantdan voz kechilgan.

25 oktyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.

Ma’lumot uchun, Germaniyaning sport kiyimlari, oyoq kiyimlari va aksessuarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Jako kompaniyasiga 1989 yili Rudi Shpryugelem shahrida asos solingan. Kompaniya dunyoning 40dan ortiq davlatida faoliyat ko‘rsatadi. Bosh ofisi Germaniya janubi-g‘arbidagi Baden-Vyurtemberg yerida, Mulfingen kommunasi, Xollenbax okrugida joylashgan.

Jako Avstraliya chempionatidagi bir necha klublarni kiyintiradi, shuningdek, Osiyoda Iroq, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar va BAAdagi klublar bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Kipr, Chexiya, Latviya, Niderlandiya, Serbiya, Slovakiya, Shveysariya, Ukraina, Germaniya, Vengriya, Islandiya, Polsha va Rossiya kabi davlatlarda ham ishlaydi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 22:21, 24.10.2018.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.