Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Baxtiyor Ashurmatov: «Final oldidan biroz hayajon bor, lekin qo‘rquv emas»

Baxtiyor Ashurmatov: «Final oldidan biroz hayajon bor, lekin qo‘rquv emas»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi-2018 final bahsi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda AGMK jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov hamda jamoa yetakchilaridan biri Vladislav Kasminin ishtirok etishdi.

- Ertaga bizni juda qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Final oldidan bizda biroz hayajon bor, lekin aslo qo‘rqayotganimiz yo‘q. So‘nggi uchrashuvlarda biroz muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Aynan shu sababdan ham ertaga yaxshi o‘yin namoyish etishimiz talab etiladi.

Bizda o‘z tariximizda yangi sahifa ochish imkoniyati mavjud. Ishonaman, yigitlar buni yaxshi tushunib turishibdi. Shu boisdan ham ertaga bor mahoratimizni ishga solishimiz lozim bo‘ladi. To‘g‘ri, "Paxtakor" – juda kuchli jamoa. Ushbu klubda ajoyib mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Lekin biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. 

Futbolchi sifatida ko‘plab finallarda ishtirok etganman. Endi ilk marta murabbiy sifatida final bahsini o‘tkazaman. Murabbiy sifatida fainalda ishtirok etish mas’uliyatliroq ekanini ayta olaman. Agar ertaga shogirdlarim o‘z faoliyatlaridagi eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olishsa, g‘olib chiqib, ilk marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritishimiz mumkin bo‘ladi.

Final bahsiga imkon qadar yaxshi hozirlik olib borishga harakat qildik.  Finalda bizni qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislarimiz ishonchini oqlashimiz talab etiladi, - dedi murabbiy.

- Ertangi o‘yinda ijobiy natijaga umid qilyapmiz. Joangovar ruhda tayyorgarlik olib borayotganimizni ta’kidlay olaman. O‘zbekistonning ayni paytdagi eng kuchli klublaridan biriga qarshi maydonga chiqamiz. Qo‘ldan kelgancha yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz. Ayrimlar AGMK jamoasining finalga qadar yetib kelishini kutishmagandi ham. Lekin biz shu yerga qadar yetib kela oldik. Endi maqsadga qadar yana birgina oxirgi qadam qolmoqda,  - dedi Vladislav Kasminin.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:55, 27.10.2018.
O'qildi: 1731 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.