Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Bugun final. Yilning eng muhim uchrashuvini o‘tkazib yubormang!

Bugun final. Yilning eng muhim uchrashuvini o‘tkazib yubormang!

Baho:
+ | -
Bugun 28 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi muhtasham “Istiqlol” stadionida O‘zbekiston Kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi soat 15:00da start oladi. Anchagina qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy tarzda o‘tgan O‘zbekiston kubogi-2018 yarim final bahslaridan so‘ng AGMK hamda “Paxtakor”jamoalari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.    FINALGACHA JAMOALAR QANDAY YO‘LNI BOSIB O‘TDI?   Final uchrashuvining nominal mezboni – AGMK jamoasi hisoblanadi. Olmaliqliklar joriy yilgi kubok bahslaridagi ishtirokni 1/16 final bosqichidan boshlashdi. AGMK ushbu bosqichda Haqqulobodning “Norin” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.  

1/8 finalda esa AGMKga Qarshining “Nasaf” jamoasi raqiblik qildi. O‘z maydonida o‘yin o‘tkazgan AGMK 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.  

“Paxtakor” esa kubok bellashuvlariga 1/8 finaldan qo‘shildi. Poytaxtliklar ushbu bosqichda Oltiariqning “Iftixor” jamoasini 6 ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishdi.  Chorak finalda esa AGMK “Mash’al”ga qarshi bahs olib borib, yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.  

“Sherlar” esa yarim finalga chiqish uchun “Lokomotiv” to‘sig‘idan o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Anchagina shiddatli kechgan bahsda “Paxtakor” 4:0 hisobida zafar quchdi.  Yarim final bosqichida AGMK “Bunyodkor” maydoniga safar uyushtirib, 2:1 hisobida g‘alabani rasmiylashtirdi va o‘z tarixida birinchi bora O‘zbekiston kubogi finalida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 

“Paxtakor” bo‘lsa yarim finalda “Qo‘qon-1912”ni qiyinchiliksiz 5:2 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi va hisob bo‘yicha 14-bora mamlakat kubogi bosh sovirini uchun hal qiluvchi o‘yinda kurash olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.    O‘zbekiston kubogi-2018 finalini Temur To‘xtasinov boshqaradi    Bugungi final uchrashuvini Temur To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Anvar Marajabov hamda Ziyodullo Abdurahmonov yordam berishadi. Zaxiradagi hakam – Olim To‘ychiboyev.     O‘zbekiston kubogi-2018 final 28 oktyabr. Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni.   AGMK – “Paxtakor” Bosh hakam: Temur To‘xtasinov Qanot hakamlari: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov Zaxira hakami: Olim To‘ychiboyev   Ayni paytda Farg‘onada ushbu o‘yinga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bugungi bahsning yuqori saviyada o‘tishi uchun barcha birdek mehnat qilmoqda.    Mazkur uchrashuv qo‘qonlik futbol muxlislarda ham katta qiziqish o‘yg‘otmoqda. Bugun Qo‘qon va yon atrofdagi tumanlarda istiqomoat qilayotgan futbol ixlosmandlariga qulaylik yaratish maqsadida Farg‘onaga borib kelish uchun avtobuslar qo‘yilgan.  Yo‘l kira va chiptalar ham mutlaqo tekin. Barchasi muxlislar uchun muhayyo etilgan. Har bir muxlis uchun avtobusning o‘zida futbolkalar beriladi.  Yilning eng muhim bahsini o‘tkazib yubormang!  
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:24, 28.10.2018.
O'qildi: 6323 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.