Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zbekiston kubogi-2018. Final bahsi raqamlarda

O‘zbekiston kubogi-2018. Final bahsi raqamlarda

Baho:
+ | -

28 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi muhtasham – “Istiqlol” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi-2018 final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

11152 tomoshabin guvohligida kechgan bellashuvda AGMK hamda “Paxtakor” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Juda qiziqarli kechgan o‘yinda Olmaliq shahri klubi 3:1 hisobida zafar quchdi va o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.  

Shu tariqa AGMK O‘zbekiston kubogiga ega chiqqan 8-jamoaga aylandi.

Paxtakor – (1993, 1997, 2001-2007, 2009, 2011)
Bunyodkor – (2008, 2010, 2012, 2013)
Lokomotiv – (2014, 2016, 2017)
Navbahor – (1992, 1995, 1998)
Neftchi – (1994, 1996)
Do‘stlik – (2000).   
Nasaf – (2015).
AGMK – (2018).

Finalda mag‘lubiyatga uchragan “Paxtakor” jamoasi esa mamlakat kubogi finallarida o‘ynash bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. “Sherlar” jamoasi 14-marta finalda qatnashdi va 3-marta final o‘yinini boy berdi.  

Qolaversa, qayd etish joizki, O‘zbekiston kubogi finali tarixda birinchi marta Farg‘ona vodiysida tashkil etildi. Bunga qadar esa O‘zbekiston kubogi finallari Samarqand (2 marta), Toshkent, Olmaliq hamda Jizzax shaharlarida bo‘lib o‘tgan edi. Farg‘ona shahri finalga mezbonlik qilgan beshinchi shaharga aylandi.

Qolaversa, finallar tarixida 4-marta 3:1 hisobi qayd etildi. Ilgari 2002/2003, 2008, 2011 yillarda ham mamlakat kubogi hal qiluvchi o‘yinlari 3:1 hisobida yakunlangan edi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat shundan iboratki, AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Toshkent viloyatining ikkinchi jamoasiga aylandi. Bunga qadar 1999/2000 mavsumda “Do‘stlik” klubi finalda g‘olib chiqqan edi.

Ta’kidlash joizki, AGMK jamoasi ustozi Baxtiyor Ashurmatov ham futbolchi, ham murabbiy sifatida O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada u Mirjalol Qosimovga tenglashib oldi.

Yana bir qiziqarli fakt shundan iboratki, AGMK musobaqa jadvalida 6-o‘rindan pastda joylashib, mamlakat kubogida g‘olib chiqqan dastlabki jamoa bo‘ldi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:00, 29.10.2018.
O'qildi: 4037 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.