Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superliga. “Nasaf” - “Qo‘qon-1912”. Prevyu

Superliga. “Nasaf” - “Qo‘qon-1912”. Prevyu

Baho:
+ | -

“Nasaf” Superliganing ikkinchi bosqich, ikkinchi davrasining ilk 28-tur uchrashuvini o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Uchrashuv 1 noyabr payshanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar shu paytgacha milliy chempionatimizda o‘zaro 19 marta tuqnash kelishgan. Shundan 13 uchrashuvda ""Nasaf g‘alaba qozongan. 4 uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. O‘zaro uchrashuvlarning ikkitasida durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik qarshiliklar tomonida 37-20. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda "Nasaf" 41 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qo‘qon-1912” jamoasi esa 14 ochkoga ega bo‘lgan.

 

Qarshida o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarga oid

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, qiziqarli faktlarga duch kelamiz. Bu jamoalar shu paytgacha Qarshida jami 9 marta o‘zaro kuch sinashgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning barchasida "Nasaf" g‘alabaga erishgan. Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 31ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 26:5ni tashkil etmoqda.

Qarshida bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar:

23.07.2018. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 1:0

06.08.2017. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 3:0

15.04.2016. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 1:0
02.04.2015. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 3:0
18.06.2003. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 4:0
24.08.2002. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 4:1
19.04.2000. “Nasaf» - “Temiryo‘lchi” 3:1
11.09.1999. “Nasaf» - “Temiryo‘lchi” 3:2

02.10.1998. “Nasaf” – “Temiryo‘lchi” 4:1


O‘zaro uchrashuvlardagi yirik hisoblar

"Nasaf"ning o‘zaro uchrashuvlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0ga teng. “Qo‘qon-1912”da bu ko‘rsatkich 3:0ga teng. Tarixda qolgan bu uchrashuvlar 2003 yili bo‘lib o‘tgan, “Nasaf” – “Temiryo‘lchi” 4:0 uchrashuvida "Nasaf"ning o‘tmishdagi to‘purari – Zafar Xolmurodov xet-trik qayd etgan va Dilshod Mavlanov bir marta gol muallifi bo‘lgan. Ikkinchi davrada Qo‘qonda bo‘lgan uchrashuvda esa Shuhrat Rahmonqulov dublni nishonlagan, Shuhrat Yusupov esa darvozamizga bitta to‘p yo‘llagan.

Jamoalarning navbatdagi uchrashuvi 20-uchrashuv sifatida tarix sahifasidan joy oladi. Bu uchrashuv, “Nasaf”ning oliy ligadagi 646- uchrashuvi hisoblanadi. Yana bir qiziqarli fakt shundan iboratki, ayni paytda “Qo‘qon-1912” jamoasining ustozi Nu’mon Hasanov vaqtida “ajdarlar” sharafini himoya qilgan.

“Nasaf” uch uchrashuvki g‘alaba qozonmoqda.

“Nasaf” – “Qo‘qon-1912” jamoalarining o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv har doimgidek Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlar qarorgohi maydonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv ertaga 31 oktyabr chorshanba kuni soat 15:00da boshlanadi.

Aziz muxlislarni stadionlarimizda kutib qolamiz!

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 09:46, 30.10.2018.
O'qildi: 2747 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик