Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Paxtakor» – «Navbahor» o‘yini prevyusi

«Paxtakor» – «Navbahor» o‘yini prevyusi

Baho:
+ | -

Superliganing 28-tur bellashuvida jamoamiz "Navbahor"ni qabul qiladi.

Chempionatlar doirasida jamoalar barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishadi va hozirga qadar 55 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tarafida. 35 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 7 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 95 gol urilib, 42 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 24tasida jamoamiz g‘alaba qozonib, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. “Paxtakor” o‘z maydonida oxirgi 21 o‘yinning hammasida yutuqqa erishgan.

O‘zaro o‘yinlar tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 7:0 hisobi jamoalarning Toshkentda 2009 yil o‘tgan bellashuvida kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" mehmonlarni o‘ta yirik hisobda dog‘da qoldirgan.

Joriy mavsum birinchi bosqichda Tiago Bezerra kiritgan yagona to‘p jamoamizga Toshkentda muhim yutuqni taqdim etgandi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 09:59, 31.10.2018.
O'qildi: 1741 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик