Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Bir soatda – «Flesh» yoki Bundesliga bosh to‘purari - 20 yoshli o‘smir

Bir soatda – «Flesh» yoki Bundesliga bosh to‘purari - 20 yoshli o‘smir

Baho:
+ | -

Serbiyalik yigitcha Luka Yovich yaqinda Rossiyada ham gol urgandi. Juma kuni esa «Ayntraxt» safida «Fortuna» darvozasini 5 marta ishg‘ol qilib, Frankfurt klubining 7:1 hisobida g‘alaba qozonishini ta’minladi.

U atigi 20 yoshda. Xullas, u Bundesliga tarixida «penta-trik» qayd etgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Qizig‘i, «Ayntraxt»ning yana bir vakili Branamir Xrgota FIFA kunlari o‘tkazilgan norasmiy o‘yinda 8ta gol urgandi (bu haqda gazetamizning o‘tgan sonida maqola berildi), Yovich esa rasmiy bahsda e’tiborni o‘ziga qaratdi. Shunday ekan, serb vunderkindi bilan yaqinroq tanishish kerak. Bunda bombardir.ru sayti ma’lumotlari ayni muddao. 

* Bunga qadar «Ayntraxt» tarixida hech bir futbolchi rasmiy o‘yin­da «flesh»ga erishmagandi - Luka Yovich birinchi! 

* Luka Bundesligada joriy mavsumning bosh to‘purari bo‘lib turibdi. Atigi 1ta o‘yin va yosh yigitcha to‘purarlar poygasida kuz bo‘yi barchani hayratlantirib kelayotgan Pako Alkaser bilan tenglashib oldi. Yovich avvalgi mavsum 22ta o‘yinda ishtirok etib, 8ta gol urgandi. Endi hozirgi statistikasiga qarang: 6ta o‘yin, 7ta gol.

* Serb yigiti aslida «Benfika»ga tegishli, «Ayntraxt»da esa 2 yillik ijara kelishuvi asosida o‘ynamoqda. Portugaliya klubi iqtidorli hujumchini «Srvena Zvezda»dan sotib olgandi, biroq u raqobatga dosh berolmadi. Ya’ni hattoki, «Benfika-V» tarkibidan ham muqim joy ololmadi. Ijara shartnomasiga muvofiq, «Ayntraxt» Luka transferini 12,5 mln. yevroga sotib olish huquqiga ega. Biroq «Benfika» endi savdoga osongina ko‘nmasa kerak.

* Luka Serbiya Respublikasi hududi - Bosniya va Gersegovinaning muammoli yarimavtonom o‘lkasida tug‘ilgan. Bu o‘lka aslida mustaqillikka erishmoqchi, lekin Serbiya tarkibiga qo‘shilish harakati kuchliroq.

* Yovich bolaligida shu qadar kuchli o‘ynaganki, turnirlardan birida otasiga har bir uchrashuv uchun 50 yevrodan taklif etib, uni Belgradga olib ketishgan. Darvoqe, «Partizan» ham yigitchani o‘z tomoniga og‘dirishga uringan: 8 yoshli bolakay otasiga oyiga 200 yevro miqdorida maosh taklif etgan. Lekin Yovichlar oilasi «Srvena»ni tanlagan, baribir.

* Luka «Srvena Zvezda»dagi debyutini 16 yoshida nishonladi. E’tiborlisi, zaxiradan maydonga tushgan futbolchi atigi 3 daqiqa o‘tib, gollari hisobini ochgandi. Bilasiz, shu yoshdagi bolalar odatda 9-sinfda o‘qishadi.

* 2015 yilning noyabr oyida Yovichlar oilasiga bezori hujum uyushtirib, pul talab qilgan: «Agar so‘raganimni bermasanglar, Lukaning oyog‘ini sindiraman va u faqat stol tennisi o‘ynashi mumkin, shunda ham nogironlar aravachasida...». Lekin katta Yovich tahdiddan esankirab qolmay, darhol polisiyaga murojaat etadi va jinoyatchini tezda «qo‘l»ga olishadi.

* 2017 yilning oxirida Lukaning transferi 2 mln. yevroga baholangan. Hozir bu summa 12 mln. yevroga yetdi. Qisqasi, 8 oyda 6 baravar o‘sish.

* Yovich sentyabrda Nijniy Novgorod shahrida Rossiya yoshlar termasi darvozasiga gol urdi. Saralash bos­qichi yakunida serblar guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi, ruslar esa 3-pog‘onada qolib, Yevropa birinchiligi hamda Olimpiada yo‘llanmalaridan mosuvo bo‘lishdi.

* Serb vunderkindi oxirgi 4ta o‘yinda 8ta gol hosil qildi. Bunga qadar «Gannover», «Xoffenxaym» va «Lasio» darvozabonlarini ranjitgandi.

* «Benfika» Yovich transferi uchun «Srvena Zvezda»ga 6,6 mln. yevro to‘lagan bo‘lsada, murabbiylar uni asosiy jamoada atigi 40 daqiqa o‘ynatishgan. Ular yigitchani ishga professional tarzda yondashmaslikda ayblashgandi.

* Frankfurt klubi sobiq bosh murabbiy Niko Kovach talabi bilan Yovichning ijara shartnomasi uchun 200 ming yevro berishga rozi bo‘lishgan. 

* O‘tgan mavsum statistikasi: Luka 1ta o‘yinga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan gollar soni bo‘yicha faqat Robert Levandovskidan ortda qolgandi.

* Yovich Serbiya milliy jamoasi safida JCH-2018da ishtirok etdi, to‘g‘ri, Braziliya termasiga qarshi bahsda atigi 1 daqiqa o‘ynadi, xolos. 

So‘z

- «Benfika»dagi omadsizlikdan so‘ng Niko Kovachdek qattiqqo‘l murabbiyga ehtiyoj sezayotgandim. Meni aynan u «uyg‘otdi». Buning uchun Nikodan qarzdorman. U hamisha bor kuch bilan ishlashni talab qiladi». Luka Yovich.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:18, 31.10.2018.
O'qildi: 7219 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.