Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Brunu va Kin tortishuvi davom etadi

Brunu va Kin tortishuvi davom etadi

Baho:
+3 | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi va sardori Roy Kin portugaliyalik futbolchi Brunu Fernandeshning «yolg‘onchilik» haqidagi ayblovlariga ijtimoiy tarmoq orqali keskin javob berdi.

Nizo qanday boshlandi?

Hammasi Roy Kinning «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yindan (3:2) so‘ng Brununi tanqid qilishidan boshlandi. Kinning ta’kidlashicha, «Yunayted» sardori jamoa manfaatidan ko‘ra ko‘proq mavsumdagi assistlar rekordini yangilash (21 ta golli uzatma bilan rekord o‘rnatdi) haqida qayg‘urgan.

«Qoyil. Qanday qilib futbolchi maydonga shaxsiy ko‘rsatkichlari haqida o‘ylab tushishi mumkin? Bunday fikrlash bilan sovrin yutib bo‘lmaydi», — degan edi Kin.

Brununing munosabati

Fernandesh «Diary of a CEO» podkastida bu ayblovlarni rad etib, Kinni yolg‘on gapirishda aybladi:

«Men tanqidga qarshi emasman, lekin odamlar yolg‘on gapirishini yoqtirmayman. Royning so‘zlari — yolg‘on»

Hatto vaziyatga oydinlik kiritish uchun Ule-Gunnar Sulsherdan Kinning telefon raqamini so‘raganini ham qo‘shimcha qildi.

Kinning «eshak» haqidagi javobi

Brununing intervyusi e’lon qilingach, Roy Kin o‘zining Instagram sahifasiga eshak tasvirlangan rasm va quyidagi iqtibosni joylashtirdi:

«Haddan tashqari e’tibor eshakni o‘zini sher deb hisoblashiga sabab bo‘ladi».

Garchi Kin Brununing ismini tilga olmagan bo‘lsa-da, ingliz matbuoti va muxlislar buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri portugaliyalik futbolchiga qaratilgan «zarba» deb baholashmoqda.

Kiritildi: 15:39, 26.05.2026.
O'qildi: 2747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик