Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Oliya Ahmedova: «Maqsadimiz kubokni yana qo‘lga kiritish»

Oliya Ahmedova: «Maqsadimiz kubokni yana qo‘lga kiritish»

Baho:
+ | -

O‘zingizga ma’lum, Qarshining “Sevinch” futbol klubi o‘z tarixida to‘qqiz karra O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan.

Jamoa bu yil ham kubok bahslarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda. Bugun “Sevinch” o‘z maydonida, O‘zbekiston Kubogi ¼ finali javob uchrashuvida Farg‘onaning “Neftchi W” jamoasini qabul qiladi. Dastlabki uchrashuvda 6:0 hisobida zafar quchib, yarim final masalasini deyarli hal qilishgan edi.

Bugun bo‘ladigan uchrashuv oldidan jamoa sardori va klubimiz yutuqlariga o‘zining katta hissasini qo‘shgan tajribali himoyachimiz Oliya Axmedovadan fikrlarini so‘radik.

-Bu yilgi maqsadimiz o‘ninchi marta O‘zbekiston Kuboigini qo‘lga kiritish, shuningdek yana bir marta chempion bo‘lish. Jamomiz shu maqsadda harakat qilayapti. Bugun bo‘ladigan uchrashuvga ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Mamlakatimizning U-19 terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilarimiz ham safimizga qo‘shilishdi.

Hammaning kayfiyati a’lo darajada. Faqat ob-havoni noqulayligini hisobga olmasak, hammasi ko‘ngildagidek. To‘g‘ri,  “Neftchi W” jamoasi bilan chorak finalning safarda bo‘lgan dastlabki uchrashuvida  yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondik, bu “Sevinch”ning deyarli yarim finaldaligini bildiradi. Ammo biz bunga e’tibor qilmagan holda bugun maydonga tushamiz.

O‘zingizga ma’lum, yarim finaldagi juftliklar qur’aga ko‘ra ma’lum bo‘ladi. Aslida raqibimizning kim bo‘lishi biz uchun farqi yo‘q. Takror aytaman, bu yil o‘z oldimizga katta maqsad qo‘yganmiz. Shunga erishish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz, – deydi Oliya Axmedova.

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 12:33, 31.10.2018.
O'qildi: 3916 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.