"Lester" darvozaboni Kasper Shmeyxel klub prezidenti Vichay Srivaddxanaprabxaning yonayotgan vertolyotiga o‘zini urmoqchi bo‘lganida polisiya uni to‘xtatib qolgan.
"Lester" darvozaboni klub prezidenti vertolyotining stadion oldidagi halokatiga bevosita guvoh bo‘lgan.
"Lester" bosh murabbiyi Klod Pyuelning so‘zlariga ko‘ra, daniyalik posbon yo‘lovchilarga yordam berish uchun yonayotgan vertolyotga sakramoqchi bo‘lgan, ammo polisiyachilar uni to‘xtatib qolishgan.
"Bu shunday bo‘lgandi. Ammo ikir-chikirlarga to‘xtalmoqchi emasman. Kasper buni ko‘rib, dahshatga tushgan. U hozir boshqa o‘yinchilar kabi qayg‘uda. Hozir butun jamoa qayg‘uda", - deydi Pyuel.
Eslatib o‘tamiz, 27 oktyabr kuni "Lester" stadioni oldida klub xo‘jayini Srivaddxanaprabxaning vertolyoti qulab tushgan va undagi 5 yo‘lovchi halok bo‘lgan.